Shvetsiyada 5g aloqasini rivojlantirayotgan o‘zbek bilan suhbat
Axborot hamkorimiz “Biz-TV” onlayn teleradiokanali jurnalisti Jaloliddin Mirzayev Shvetsiyadagi “Erissson” kompaniyasi muhandisi Akmaliddin Alimov bilan suhbatlashdi.
Akmaliddin Alimov 25 yoshda. Farg‘onalik. Hozirda Shvetsiyada oilasi bilan yashaydi. 5G texnologiyasini rivojlantirish bo‘limida muhandis.
– Shvetsiyaga ketganingizga necha yil bo‘ldi?
– “Erissson” kompaniyasida ishlayotganimga 3 yil bo‘ldi. Shvetsiyaga kelganimga 1 yil bo‘ldi. Bundan avval magistraturani Estoniyada o‘qiganman.
– Ko‘pchilikni qiziqtirgan savol: Shvetsiyada oylik maosh qancha?
– O‘rtacha oyliklar 1,5 – 2 ming dollar atrofida bo‘ladi. Ayrim davlatlarda bundan ko‘proq. Lekin Shvetsiya uchun bu o‘rtacha miqdor. Ammo bu yerda uy ijarasi juda qimmat. Masalan, 2 xonali xonadonni o‘rtacha ming dollarga olasiz. Bu yerda musulmonlar ko‘p. Isteʼmol mahsulotlarini topish oson. Ro‘zg‘or uchun oyiga 400-500 dollar atrofida sarflaymiz.
– Yaqinda Buyuk Britaniyada bir oz shov-shuv ko‘tarilgandi. Yaʼni, “Koronavirus va 5G”. Bular o‘zaro bog‘liqmi yoki yo‘q? Bunga qanday qaraysiz?
To‘liq suhbatni youtube ham orqali tomosha qilishingiz mumkin.