Axborot xizmatlari tomonidan yo‘l qo‘yiladigan oddiy xatolar tahlili

Bugungi kunda ko‘plab tashkilotlarning jamoatchilik bilan ishlash xodimlari yaʼni Axborot xizmatlari xodimlari tomonidan tadbirlar tashkil etilmoqda. Ular doimo tadbirlarida barcha OAVlari vakillari ishtirok etishini va barcha OAVlarida tadbir bo‘yicha katta va tahliliy materiallar berilishi istaydilar. Biroq, bu natijaga har doim ham erishib bo‘lmaydi.

Tahririyatimiz tomonidan mana shu tadbirlarda Axborot xizmatlari xodimlari tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlarda yo‘l qo‘yiladigan baʼzi oddiy xatolar va ularning oqibatlari bo‘yicha maʼlumotlarni berib o‘tamiz.

Xato. Matbuot anjumaniga moderator taklif (ko‘p xollarda) etilmaydi. Maʼruzachilar o‘zlari eplashadi degan qarorga kelinadi.

Natija: Belginlangan vaqt o‘tib boraveradi, konferensiya soatlab cho‘ziladi, chunki, maʼruzachini to‘xtatadigan hech kim yo‘q va savollar vaqti kelganda esa, norozilik boshlanadi.(yoki bo‘lmasa vaqt tugagani bildiriladi. Bu “tajribani” yaqinda ko‘rdik.)

Xato. Tadbir tashkilotchisi yaʼni axborot xizmati xodimi maʼruzachilar bilan aniq, beligilangan mavzu ustida kelishib olmaydi natijada esa lektor yana-da sohada “mutaxassis” ko‘rinish maqsadida  juda murakkab tilda gapirishga intiladi.

Oqibatlar: Jurnalistlar mavzuga to‘liq tushuna olmaydilar va tadbir zerikarli tashkil etilganligi bois,  doimgidek, telefonlarini titkilashga o‘tishadi yoki shunchaki tadbirni tark etadilar.

Xato. Jurnalistlarga matbuot anjumani paytida o‘zlari kerakli maʼlumotlarni olishlari to‘plashlari kerak deb hisoblab, tashkilotchilar tomonidan jamoatchilikka yetkazilish kerak bo‘lgan maʼlumotlar to‘plami press-paketi tarqatilmaydi.

Oqibatlar: Jurnalistlarning fikriga ko‘ra tashkilotchilar jamoatchilikka nima yetkazmoqchi bo‘lsalar ular tomonidan tayyorlanishi kerak. Tadbirdan tahririyatga kelganlarida tashkilotchilar aytadigan hech narsa yo‘q degan qarorga kelishadi. Bu esa, tadbir to‘g‘risida qisqa xabardan boshqa maʼlumot tayyorlanmasligini “kafolatlaydi”.

Xato. Xafta kunlarining boshida tadbirlarni tashkil etish va barchani kelishini kutib maʼlumotlarni tarqatmaslik.

Natijada:Ttashkilotchi rejalashtirganidek, tadbirda barcha ishtirok eta olmaydi hamda press-paketni tarqatmasdan ushlab turishlik axborotni eskirishi va ahamiyatni yo‘qotishga olib keladi.