Ko‘zi ojizlar uchun ham “ko‘rish” imkoni paydo bo‘lmoqda

Gollandiyada ikkita maymun miyasiga implant yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasm yuborilgan va ular ko‘zlarsiz “ko‘rish” imkoni yaratilgan.

Niderlandiya nevrologiya instituti tadqiqotchilari miyaga tasvirlarni uzatishga imkon beruvchi implantat yaratdilar. U ikkita maymunda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi – qurilma ishga tushirilgandan so‘ng, ular ko‘zlarsiz “ko‘rish” imkoniyatiga ega bo‘lishgan. Bu haqda Science jurnalida  chop etilgan tadqiqot natijalarida aytilgan.

Olimlar birinchi marta yorug‘likni qabul qiladigan ko‘z olmasining ichki qobig‘iga tegmasdan bunday yuqori aniqliklarga erishganliklarini “Miyani stimulyatsiya qilish moslamasi maymunlarga ko‘zlarini ishlatmasdan shakllarni “ko‘rish” imkoniyatini bermoqda” deya daʼvo qilishmoqda. “Bu, albatta, yaxshi yangilik,” deydi Gollandiyalik nevrologiya instituti xodimi Piter Rulfsema, u ko‘zi ojiz bo‘lgan odamlarga ko‘rishni tiklashga qaratilgan loyihalar ustida ishlayotgan eng ilg‘or jamoalardan birida faoliyat ko‘rsatadi.

Dunyo bo‘ylab ko‘plab tadqiqot guruhlari ko‘rishni tiklash uchun boshga o‘rnatilgan kameradan signallarni tegishli nerv hujayralarini qo‘zg‘atadigan elektrodlar massiviga yuborish orqali ishlamoqda. Ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan jumladan, odamlar ishtirokidagi sinovlar ham allaqachon o‘tkazilgan va Argus II deb nomlangan bitta 60 elektrodli moslama 2013 yilda AQShda foydalanish uchun tasdiqlangan. Biroq, bu moslama yorug‘likni qabul qiladigan ko‘z olmasining ichki qobig‘iga taʼsir etish orqali “ko‘rish” imkonini yartar edi. Nederlandiyalik olimlar tomonidan taklif etilayotgan mazkur kashfiyot miyaga yuboriladi bunday qurilma miya orqali ko‘rish imkonini yaratishi mumkin.

Buning uchun tadqiqotchilar 1,5 millimetr uzunlikdagi bir nechta igna elektrodlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri maymunning ko‘rish qobig‘iga ulashgan tadqiqot esa muvafaqiyatli amalga oshirilgan.