Brendlarning auditoriya uchun kurashish sirlari

Qanday qilib startaplar dunyo miqyosida taʼsir o‘tkazmoqda?

Biror bir brendning taʼsiri odamlar mahsulot sotib olganida emas, balki tovar belgisiga ergashganlarida kuchayadi.

Buning sababi antropomorfizmdir: odamlar tovar belgilarini tirik mavjudot sifatida qabul qilishadi, ularning nomi, o‘z uslubi bor va ular o‘zlariga o‘xshaganlar bilan munosabatga kirisha olmoqda. Qisqaroq aytganda, brendlar har bir shaxsning qaysidur umumiy jihatlarini qamrab olishi ularning muvafaqiyat kalitidur.

Demak, tovar shaxsi bu brendga tegishli bo‘lgan insoniy xususiyatlar to‘plamidir. Aynan brendning shaxsiyati o‘ziga xoslik asosini yaratadi, uning nomini, joylashishini aniqlashni, dizaynini, marketingni, targ‘ibotni va hattoki xodimlarni yollash kabi ichki narsalarni belgilaydi. Shuning uchun har bir brendning o‘z auditoriyasi mavjud va brend jamoasi shu auditoriya uchun “kurashadi”.

Tovar brendining shaxsiyati qanday yarataladi?

Buning uchun marketingda arxetiplardan foydalangan holda ularning har birining mantig‘i va jamoatchilik qabul qilishini ko‘rib chiqish mumkin. Arxetiplar – bu har qanday odam uchun intuitiv bo‘lgan va darhol brend xizmati yoki mahsuloti haqida taassurot uyg‘ota oladigan jamoaviy tuzilmalarni anglatishidur.

Quyida bir nechta brendlarning “shaxsiyati”ni ko‘rib chiqishni taklif etamiz.

Telegram – isyonkor, idealist

Brend ikkita qarashlar asosida qurilgan: xavfsizlik va xavfsizlik g‘oyasini ilgari suradigan idealist (asosiy oqim) va hukumat nazoratidan ozod bo‘lishga chaqiruvchi isyonchi.

Brend ixtisoslashtirilgan agentliklardan o‘tmaganiga qaramay, u Pavel Durovning xarizmatik shaxsiyati bilan uzviy bog‘liqdir. U yorqin xususiyatlarni namoyish etishga, noyob qiyofani va hatto mafkurani shakllantirishga muvaffaq bo‘ldi.

Idealistning Telegramda namoyon bo‘lishi: xavfsiz, uy sahifasidagi o‘rdakchalar bilan birga, qattiq yoki qo‘pol burchaksiz oddiy logotip. Oq – sof ko‘k rangdagi poklik va mukammallik rangi – axborot va texnologiyalar sohasida allaqachon klassik bo‘lib qoldi. Qog‘ozli samolyotning ramzi (yana bolalik mavzusiga qaytganini ko‘rish mumkin). Ushbu brendlar yaxshi, to‘g‘ri mahsulotlar ishlab chiqarishga, sodiqlik va mukammallikka intilganlar.

Telegramni targ‘ib qilish strategiyasi dastlab “Maxfiylik huquqimizni qaytaramiz” shiori ostida qurilgan. Ushbu tovar vaʼdasi endi xavfsiz dunyo va kulgili o‘rdak haqida emas, balki tub o‘zgarishlar haqida. Isyonchi belgilangan tartibga qarshi turadi va o‘zgarishga olib keladi.

Google – donishmand, intellektual

Brendning vazifasi bizni maʼlumot bilan taʼminlay oladigan ulkan manbaalar “uyumi” to‘g‘risida taʼsurot uyg‘otishidur.

Googlening vazifasi – dunyodagi juda katta (va cheksizdek ko‘rinadigan) maʼlumotlarning ko‘pchiligini ommaviy va foydali qilish uchun tartibga solishdir.

Bir so‘z bilan aytganda Google brendi shunday tuzilganki, “biror bir oddiy jumlani matematik kontekstidan tortib so‘zning bo‘g‘inma-bo‘g‘in ajratib bera oladigan, shu bilan birga, shiorlar va mahsulot nomlariga qadar hamma narsa (Aqlli vositalar. Yaxshi natijalar) to‘g‘risida faqat undan maʼlumot topa olishlikni imkonini bera oladigan yaxlit Intellektual  qiyofa yaratilgan”

Amazon – Izlovchi

Qidiruvchilar brendlarining vazifasi har doim yangi hududlarni topishda, chegaralardan tashqariga chiqishda, yangi narsalarni kashf etishda ko‘maklashishni o‘z ichiga oladi.

Amazon quyidagicha yangraydi: “Isteʼmolchilarga har qanday narsani topish, kashf etish va sotib olishda yordam bering, shuningdek, biznes va kontent yaratuvchilarga o‘zlarining muvaffaqiyatlarini maksimal darajada oshirish uchun imkoniyat yaratib bering. Amazonning maqsadi – odamlar onlayn xarid qilmoqchi bo‘lgan hamma narsani topadigan va kashf etadigan joyni yaratishdir.”

Izlovchi brendlar ko‘pincha ekzotizm va xilma-xillikni birlashtiradi. Ekzotika va qidiruv mavzusi, yo‘llari nomlashda aks etadi – kompaniya dunyodagi eng suvi ko‘p daryo Amazon daryosi sharafiga nomlangan va ularning birinchi logotipi A harfi orqali daryo yo‘li bo‘lgan.

Турнер Duckworth agentligi tomonidan ishlab chiqilgan bugungi logotipda brend A dan Zgacha “nima bo‘lishidan qatʼi nazar” taklif eta olishini bildirilgan.

P.S.Mazkur materialni tayyorlashdan maqsad saytimiz o‘quvchilariga dunyodagi brendlarning mashhurlikka erishishdagi yutuqlari bilan tanishtirish hamda startap boshlovchilariga biroz bo‘lsada yordam ko‘rsatishdir. Agarda sizlarga maqola maʼqul kelgan bo‘lsa, fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashing. Keyingi materillarda Instagram, tik-tok, Uber, YouTube brendlari bo‘yicha ham qiqziqarli maʼlumotlarni berib boramiz.