Elbasining kenja qizi qozog‘istonliklarga murojaat qildi

Aliya Nazarboyeva “Adam Bol” mukofotini taʼsis etdi va qozog‘istonliklardan muhim ishlar qilgan insonlar haqida aytib berishlarini so‘radi.

“Qozog‘istonda ilgari bunday mukofotlar bo‘lmagan. Ushbu loyihada mamlakatimizning har qanday fuqarosi o‘zining insonparvarlik ishi haqida: odamlarni, hayvonlarni, tabiatni qutqarish to‘g‘risida yoki o‘z resurslari yordamida ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirni tashkil etish to‘g‘risida va ehtimol muhtojlarga g‘ayrioddiy yordami haqida aytib berishi mumkin. Biz bilamizki, bunday odamlar kamtar va o‘zlari haqida gapirishlari dargumon. Shunda siz, ularning qarindoshlari, tanishlari, do‘stlari, qo‘shnilari, hamkasblari, bu kichik, ammo juda muhim insoniy harakatlar to‘g‘risida bizga xabar bering», – deb yozgan Nazarboyeva.

Mukofot har kimga butun mamlakat bo‘ylab taniqli bo‘lishiga va boshqa odamlar uchun eng yaxshi o‘rnak bo‘lishiga imkon beradi.

Mazkur loyihaga arizalarni qabul qilish boshlab yuborilgan. Tafsilotlar va barcha qoidalar bilan alohida tanishib chiqishni istasangiz mana bu havoladan maʼlumotlar olishingiz mumkin.

Endi, biroz, bu xabarga ijtimoiy tarmoqlardagi jamoatchilik fikrlarini ham keltirib o‘tsak: “kenja qizning xalq puliga amalga oshiradigan loyihalari boshlandi”, “bu xalqni mehrini qozonish uchun olib borilayotgan PR aksiya”, “loyihaga tikilgan mablag‘ni shunchaki xalqqa tarqatib chiqing bo‘ldi”, “oddiy ishchining oylik maoshga yashayotgani o‘zi qahramonlik” kabi negativdan iboratlar izohlar qoldirilmoqda.

P.S. Shu ota-onasi katta (yuqori) mansabda o‘tirgan oilalarning farzandlari biror loyiha yoki biror ish qilaman desa jamoatchilik tomonidan nuqul eʼtiroz va tanqidlarga uchrayveradi a?

Sizlar qanday fikrdasizlar?