O‘zbekistonda gaz taʼminoti bilan bog‘liq muammolar sababi nimada?

O‘zbekistonning bir qator shaharlarida aholi elektr va gaz masalasini hal qilishni talab qilib, yo‘llarni to‘sa boshladi. Hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi barcha mineral resurslarning deyarli uchdan bir qismiga ega va gaz qazib olish bo‘yicha dunyoning yetakchi yigirmata mamlakatlaridan biri hisoblanadi.

Lekin, shunga qaramay qishki sovuq ob-havoning boshlanishi bilan bir qator mintaqalarida odamlarni tabiiy va suyultirilgan gaz bilan taʼminlash masalasi paydo bo‘ladi. Mamlakat aholisining deyarli uchdan bir qismi qishda uylarni ko‘mir, o‘tin, sigir go‘ngi yoki turli xil qo‘lbola elektr jihozlari bilan isitishga majbur. Bu holat har yili is gazidan yuzlab fuqarolarning o‘limiga olib keladi.

Elektr toki nisbatan uzilmaydigan shaharlarning markaziy qismlarida aholining qishni o‘tkazishini eng samarali usuli bu turli xil elektr isitgichlardan foydalanishdir.

Ushbu muammolarning sababi nima? Sabablar esa bir nechta:

  • Birinchidan, mahalliy gaz uzatish tizimining eskirganligi. Gazning 60% oxirgi isteʼmolchiga yetib bormasdan atmosfera tarqalib yo‘qolib ketadi.
  • Ikkinchidan, ichki bozorda gaz narxini pastligi. Buning oqibatida isteʼmolchilar uni bo‘lar bo‘lmasga ishlatib yuboradilar. O‘zbekistondagi gaz narxi – bu ko‘k yoqilg‘ining real narxi va tijorat bozoriga hech qanday aloqasi bo‘lmagan ijtimoiy loyihadir.
  • Demografiya ham muhim rol o‘ynaydi: mustaqillik davrida O‘zbekiston aholisi ikki baravarga ko‘paydi. Mamlakatning ulkan hududini tabiiy gaz bilan ta’minlash ancha qiyinlashdi.
  • Yana bir muammo – geologik razvedka ishlari uchun milliy kadrlar yetishmasligi.

Natijada katta gaz yo‘qotishlari, samarasiz foydalanish va arzon narxlar ko‘k yoqilg‘ini qazib olishni foydasiz ishga aylantiradi. Yaqin yigirma yil ichida gaz zaxiralarini kamayishi tufayli mamlakat energiyaga muhtoj davlatga aylanishi mumkin.

Jarayon esa allaqachon boshlangan.