Tixanovskaya kuratorlaridan hafsalasi pir bo‘lgan

Yevropa davlatlari faqat tashvishlanayotganlarini bildiradi, lekin Belorussiya atrofidagi vaziyat bo‘yicha hech narsa qila olmaydilar, dedi o‘zini o‘zini prezident deb eʼlon qilgan Svetlana Tixanovskaya “The Нев Yorker” gazetasiga bergan intervyusida.

«Men oddiy odam bo‘lganimda, Yevropa shunchalik yaqin va ulkan, uning rahbarlari shunchalik kuchliki, ular albatta biron narsa qila olishadi. Ular qo‘l qovushtirib o‘tirolmaydilar deb o‘ylardim. Biroq, ular o‘zlarining tashvishlanayotganliklarini – birdamliklarini bildirgan bo‘lsalarda, aslida hech narsa qila olmasliklarini bildim. Biz bir necha oydan beri iqtisodiy sanksiyalarni joriy etish ustida ish olib boryapmiz lekin, bularning barchasi shu qadar sust va qiyin », – dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Yevropa rahbarlari ehtiyotkorlik bilan harakat qilishadi, har doim Rossiyaga qarashadi”.