Turkmanistonda COVID-19ga chalinganlar rasman yo‘q! Biroq, virusga bag‘ishlangan xalqaro forum bo‘lib o‘tadi

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov poytaxtning “Ruxet” saroyida Vazirlar Mahkamasining mamlakat tashqi siyosatiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishida koronavirus pandemiyasi mavzusiga to‘xtalib o‘tdi hamda, Turkmaniston 2021 yilning ikkinchi yarmida Ashxabodda tibbiyot olimlarining xalqaro forumini o‘tkazib, COVID-19ga qarshi kurashish bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalarni ko‘rib chiqilishini rejalashtirilganini bildirdi.

Shu munosabat bilan, Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash va tibbiy sanoat vazirligi va tegishli sanoat boshqarmalariga chet ellik sheriklar bilan aloqalarni o‘rnatish topshirildi.

Yana bir gap, rasmiylar mamlakatda koronavirusga chalingan bemorlarning mavjudligini hali ham rad etishmoqda. JSSTning Turkmanistonga ikkinchi tashrifi qachon bo‘lib o‘tishi ham hali nomaʼlum.