Baydenni tabriklash vaqti keldi

17 shtat Texasning saylov natijalarini ko‘rib chiqish haqidagi daʼvosini qo‘llab-quvvatladi. Yaʼni sud daʼvoni rad etgan edi. Boshqa shtatlar ham Texasning yo‘lini “tutdi”. Daʼvo rad etildi. Bayden prezident.

Biroq, bu Amerikaning Qizil kamari shakllanganligini o‘zgartirmaydi.

Bu o‘tgan asrning 60 yillaridagi bo‘linishga olib keladimi? yoki Amerikaning qizil kamari xuddi 2000 yillarning boshlaridagi ruslarnikidek yo‘q bo‘lib, singib ketadimi?

Ko‘ramiz. Boshqalarning inqirozlarini tomosha qilish juda qiziqarli jarayon, deyiladi rus sigmentidagi ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan xabarda.

Shu yerda Muhrim Aʼzamxo‘jayevning telegram kanalida ancha avval berilgan biroq aktualligi yo‘qolmagan manabu materiali yodga tushib ketdi.

«Biznikilar ham Jo Baydenni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklab qo‘yishsa bo‘ladi, nazarimizda», — deb yozibdi Davletovuz. To‘g‘ri, arkadashimiz Erdo‘g‘on  tabrikladi, qardoshimiz To‘qayev tabrikladi, o‘rtoq Si Szinpin tabrikladi, hatto AQShni ko‘rarga ko‘zi yo‘q chavescha-bolivarcha Maduro ham tabrikladi. Lekin Putinxon  hali tabriklamadi-ku, to‘g‘rimi? Nimanidir bilsa kerakki (har holda, razvedkachi), tabriklamayapti.

O‘rni kelganda shuni ham eʼtirof etish joizki, AQShdagi so‘nggi ikki saylovda yutqazgan nomzodlar hozirgi Trampga o‘xshab jipiriqlik qilmay, saylov oqshomidayoq mag‘lubiyatini tan olgani munosabati bilan jahon jamoatchiligi saylangan prezidentni ortiqcha istiholasiz saylov yakuniga yetishi bilan tabriklay boshlardi. Jumladan, O‘zbekiston prezidentlarining tabrik yo‘llagani ham uzog‘i bilan saylovning indiniga bildirilardi.

2016 yilgi AQSh prezidenti saylovi 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan. O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni «saylovdagi ishonchli g‘alabasi va AQSh prezidentligiga saylanganligi munosabati bilan tabriklagani» 10 noyabr kuni jamoatchilikka maʼlum qilingan.

2012-yili ham shunday bo‘lgan — saylov 6 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan, prezident Islom Karimov uni tabriklagani haqida 8 noyabr kuni maʼlum qilingan. Prezident matbuot xizmati o‘shanda bir qator gap  chiqargan: «O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Baraka Obamani uning AQSH prezidenti lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan muborakbod etdi». Bo‘ldi.

Undan avvalgi yillarda nima bo‘lganini «Xalq so‘zi» gazetasi arxivlaridan qidirish kerak, internet mavjlarida tayinli gap yo‘q.