BMT Taraqqiyot dasturi va Turkmaniston hukumati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Bu har ikki tomonga 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan yangi hamkorlik dasturini amalga oshirish va loyihalarni birgalikda moliyalashtirish imkonini beradi.
Yangi hamkorlik shartnomasida quyidagi yo‘nalishlar qamrab olingan:
· Qonun ustuvorligi, inson huquqlari va gender tengligini taʼminlash;
· Iqtisodiyotning ugleroddan tashqari sohalarida iqtisodiy rivojlanish va aholi daromadlarini ko‘paytirishga ko‘maklashish, xususiy sektor va savdo raqobatbardoshligini oshirish;
· Iqlim o‘zgarishiga moslashish, tabiiy resurslarni boshqarish hamda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha samarali choralarni amalga oshirish;
· Sil va boshqa yuqumli kasalliklarga eʼtibor qaratish, pandemiyalarning oldini olish va ularga qarshi kurashish salohiyatini oshirish, yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni davolashni takomillashtirish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini muhofaza qilish kabi.