Turkmanistonda BMV va Mersedes markali avtomobillar so‘zsiz taqiq ostiga tushgan, bu noaniq sabablarga ko‘ra yillik texnik ko‘rikdan o‘tishi mumkin emas.
«BMV va Mersedes – Turkmanistonda mavjud bo‘lgan eng obro‘li avtomobillar edi. Asosan Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning qarindoshlaridan tashkil topgan mahalliy elita ushbu markadagi avtomobillarda sayohat qilishni afzal ko‘radi. Baʼzi manbalarga qaraganda, prezident klani vakillari o‘zlariga o‘xshagan mashinalarni boshqalar haydashini istamaydilar», deb yozilmoqda Turkmen news gazetasida.
VAZ va Toyota Corona avtomobillari egalari ham shunga o‘xshash muammolarga duch kelishdi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatidagi nashrning manbasiga ko‘ra, VAZ avtomashinalari xavfsizlik yostig‘i yo‘qligi sababli texnik ko‘rikdan o‘tkazilmaydi.
Turkmen newsning xabar berishicha mart oyida, yo‘l harakati xavfsizligi xizmati 2016 yilda va undan keyingi yillarda ishlab chiqarilgan garchi bojxona xizmatining barcha talablariga javob bersa ham “Mersedes”, “Audi” va “BMV” rusumli avtomobillarga davlat raqamlari berilmaydi.