Nazarbayev Qirg‘istonning avvalgi ag‘darilgan Prezidentlari Akayev va Bakiyevlarni mamlakatdan qanday olib chiqib ketganligini aytib berdi

“Qirg‘iziston haqida aytishim kerak. Akayev. Uni Bishkekdan Tarazga vertolyotda olib chiqishim kerak edi. Vaziyat qiyin edi, ular u yerda o‘q uzishlari mumkin edi, ammo qarama-qarshilikka yo‘l qo‘ymaslik uchun men uni olib chiqdim. – Nazarboyev o‘z hikoyasini boshladi. – Undan keyin yana bo‘lgan, xuddi o‘sha voqea. U O‘shda o‘tirdi, u yerda o‘z tarafdorlarini yig‘di, uni qurollantirdi va Bishkek tomon ketishga tayyor edi. Men aytaman, Qurmanbek (Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Qurmanbek Bakiyev), nima qilyapsiz, nega? Qon to‘kmoqchisizmi. Siz yana prezident sifatida o‘tirishni xohlaysizmi? Bundan so‘ng qanday ishlamoqchisiz?ю

O‘sha vaqtda bo‘lgan muvaqqat prezident (Roza O‘tunbayeva) bilan telefon orqali gaplashdim, u: “Biron narsa qiling, Qurmanbekni tinchlantiring”, deydi. Men Qurmanbekka qo‘ng‘iroq qilib aytaman: “Men sizni u yerdan, O‘shdan olib chiqaman. Shunda siz bu yerda muzokara olib boraverasiz” deb aytdim. “Men uni zo‘rg‘a ko‘ndirdim”.

Bu vaqtda Vashingtonda, Elbasi, yadroga qarshi masalalar bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tayotgan tadbirda ishtirok etayotgan edi. «Biz u yerda edik. Rossiya prezidenti Medvedev edi. Obama bor edi. U yerda biz uch kishi birga pichirlashib turgan rasmimiz ham bor. Qirg‘izistonda fuqarolar urushi boshlanishi haqida gaplashayotgan edik. Bakiyev qurolli otryadlarda Bishkek tomon yo‘l olmoqchi, nimadur qilish kerak. Men olib chiqaman (Bakiyevni) dedim, Rossiyalik jangchilar samolyotimni himoyalab tursin dedim.

O‘sha paytda Adilbek Jaksybekov Mudofaa vaziri edi,: “samolyot ajrating”. U harbiy razvedka orqali ishlay boshladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘shda aeroportda polosaga maydalangan toshlar tushirilgan. Qo‘nish yoki uchib ketish mumkin emas edi. Men: «Buni aniq bilasizmi? U shunday deydi: «Aniq emas, lekin ular shunday deyishmoqda. U joy imkonsiz. ” Men: «Samolyotni yuboring, pastga tushsin. Agar u yerda to‘plangan toshlar uyumlarini ko‘rsa, uchib ketsin, agar bo‘lmasa, qo‘nsin». Qurmanbekka: “samaloyot uchdi, o‘zingizga qarashli bo‘lganlarni tayyorlang”, dedim. Ular yetib kelishdi, maydalangan toshlar uyumi yo‘q edi. Ular qo‘ndi va oilani bizga olib kelishdi.

Agarda bu ish qilinmaganda edi, katta qon to‘kilishi mumkin edi», – dedi Qozog‘istonning birinchi prezidenti.

Bakiyev Qirg‘iziston tarixidagi ikkinchi ag‘darilgan prezident bo‘ldi. Undan avval Asqar Akayev 2005 yilda lavozimidan chetlatilgan edi. Akayev hozir Rossiyada yashaydi, Bakiyev esa Belorusiyadan siyosiy boshpana oldi.

Qozog‘istonning birinchi prezident Nursulton Nazarboyev to‘g‘risida tayyorlangan  “Portretga chizgilar” filmi Elbasi bilan eksklyuziv intervyuga asoslangan.