Germaniya prezidenti oziq-ovqat yuk mashinasida ovqat tarqatdi (foto)

Davlat rahbari muhtojlarga oziq-ovqat yuk mashinasidan ovqat tarqatmoqda – buni har kuni ham ko‘rmaysiz.

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer oziq-ovqat mikroavtobusidagi peshtaxta oldida.

Germaniyada Rojdestvo oldi nafaqat ommaviy xaridlar va oilaviy taʼtilga tayyorgarlik, balki xayriya uchun ham qulay vaqt xisoblanadi deb yozmoqda nashr. Xususan, ko‘pchilik muhtojlarga Rojdestvo dasturxonlarini tashkil qilishadi. Biroq, bu yil koronavirus inqirozi va karantin tufayli bunday ommaviy aksiyalar o‘tkazish mumkin emas, shuning uchun muqobil variantlarni taklif qilish maqsadida mazkur loyiha amalga oshirilgan.

“Foodtruck” xayriya dasturida ishtirok etayotgan davlat rahbari loyihasi Berlinning Shonberg rayonidagi cherkovlardan biri oldida bo‘lib o‘tdi.

O‘sha kuni tushlikdan tashqari, kelganlarga kichik Rojdestvo sovg‘alari ham berildi.