Turkmaniston hukumatining rasmiy pozisiyasiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus yo‘qligiga qaramay, pnevmoniyaga chalinganlarning soni ortib bormoqda.
Odamlar shifokorlar buyurgan barcha dori-darmonlarni o‘z mablag‘lari evaziga sotib olishlari kerak va bu juda qimmat deb xabar tarqatmoqda nashr.
Umuman olganda, faqat ushbu dorilar bemorga 1682,5 manat (1 manat-2 983,33so‘m 18.12.2020) (Turkmanistonda belgilangan davlat kursi bo‘yicha 481 $dollar yoki “qora bozor” kursi bo‘yicha 62 $dollar)ga tushadi. Bemorlardan biri bu dori-darmonlarning umumiy narxining atigi uchdan bir qismi ekanligini aytdi. Davolash paytida ba’zi dorilarni bir necha marta sotib olishga to‘g‘ri kelmoqda. “Pnevmoniya” ni davolash uchun sotib olinadigan dorilar Turkmanistonda oddiy ishchining 2-3 oylik maoshiga to‘g‘ri kelishi mumkin.
O‘rtacha ish haqi 1000 dan 1500 manatgacha, oxirgi bir necha yil ichida sezilarli darajada oshgan oziq-ovqat va tovarlarning narxi bilan har kim ham to‘liq davolanish kursidan o‘tishga qodir emas. Ko‘p odamlar davolanishni tugatmasdan dori-darmonlarni qabul qilishni to‘xtatmoqdalar.
- Turkmanistonda bemorlarga buyurilayotgan dorilarning nomlari va narhlari:
- Amoksiklav-565 manat;
- Natriy xlorid 0,9% – 6,5 manat 1ta ampula, shundan 5-10 dona kerak;
- Vitamin S – 20 manat;
- Nistatin – 26 manat;
- ACC Long 600 mg – 120 manat;
- Bromgeksin 4 – 40 manat;
- Djetepar – 100 manat;
- Fleksid 500 mg – 185 manat;
- Flemoklav Solyutab 876 – 200 manat;
- Asiklovir-belmed 200 mg – 70 manat;
- Ultfen 400 – 14 manat;
- Panangin – 80 manat;
- Eufillin – 10 manat;
- Kvamatel – 80 manat;
- Aktovegin – 140 manat.