Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi amalga oshadimi?

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li: ko‘plab savollar, javoblar esa yo‘q. Ushbu temir yo‘l loyihasi Pekin tomonidan “barcha mamlakatlar uchun bir xil foydali” strategik trans-Osiyo yo‘nalishi sifatida taqdim etilgan.

Biroq, ushbu tashabbus birinchi navbatda Xitoyning O‘zbekistonidagi muhim neft zaxiralarini (Namangandagi Mingbuloq koni), kelajakda esa – Qozog‘istonni chetlab o‘tib, Xitoyning Fors ko‘rfazi mintaqasiga chiqishi uchun zarurdir, deb taxmin qilinmoqda.

Loyihaga 25 yildan oshgan, ammo uni amalga oshirishda hanuzgacha “yangilik” yo‘q. Yakuniy loyihalashtirish texnik-iqtisodiy asoslari mavjud emas, avtomobil yo‘lini qurishni moddiy-texnik jihatdan ta’minlash masalalari hal qilinmagan, moliyalashtirishning yakuniy shartlari noma’lum (garchi barchasi Xitoy hisobidan).

Ushbu avtomagistral uchun Qirg‘iziston va O‘zbekiston tomonidan biron bir arzigulik ishlab chiqarish sohasi yo‘lga qo‘yilmagan. Ba’zida ushbu mamlakatlarning ayrim rasmiylari va mutaxassislari vaqti-vaqti bilan ushbu zonada sof xom ashyoni ishlab chiqarish imkoniyati to‘g‘risida gapirishsada biroq natija yo‘q.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Rossiyaning ushbu loyihadagi ishtiroki uni qayta tiklashi kerak. Ammo Rossiya Federatsiyasiga qanday sharoitlarda ishtirok etish taklif etilayotgani noma’lum.

Qirg‘iziston temir yo‘llarini Rossiya temir yo‘llariga sotilishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar bir necha bor paydo bo‘lgan, ammo Qirg‘iziston rasmiylari buni rad etishgan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Rossiya loyihada teng maqomda qatnashishni xohlaydi.

Ammo geosiyosat nuqtai nazaridan mintaqaning ushbu qismini Xitoyga ochadigan temir yo‘lni to‘siqsiz ishlashi Rossiyaga to‘g‘ri kelmaydi (ya’ni xohlamaydi).

Har holda, XXRning ushbu loyihadagi manfaatlari “neft va gaz”ligi aniq. Bu yerda hech qanday jinoyat yoki korrupsiya yo‘q, ammo Yevroosiyo “beshligi” a’zolari o‘zlari uchun foydasiz Pekin uchun esa foydadan xoli bo‘lmagan loyihaga qo‘shiladimi?