Putinga yangi SSSR kerakmi?

Rossiya prezidentini Sovet Ittifoqini tiklash uchun mafkurasi va imkoniyati yo‘q. U o‘zi va atrofidagilar uchun hokimiyatni saqlab qolishga harakat qilmoqda, deb hisoblamoqda Devid Satter.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin SSSRni tiklamoqchi emas, balki o‘zi va atrofidagilar uchun hokimiyatni saqlab qolishga harakat qilmoqda, dedi Moskvadagi Финансиал Тимес gazetasining sobiq muxbiri Devid Satter, Ukrainaning “Apostrof” nashriga bergan intervyusida. Uning fikriga ko‘ra, Rossiya rahbari ” hokimiyatni kuchaytirish uchungina xalqaro turli xil avantyuralarda qatnashmoqda”.

 “U o‘zining mafkurasi yo‘qligi va Sovet Ittifoqini tiklashning ilojsiz ekanligini biladi. Haqiqat esa bundan ham oddiyroq. Bularning barchasi Putinning harakatlari ortida qandaydir g‘oya bor degan qarashni yaratish uchun”, – deya qo‘shimcha qildi u.

Amerikalik jurnalist Rossiyada hokimiyatni maxsus xizmat vakillari egallab oldi degan fikrga qo‘shilmaydi.

“KGBdan chiqqan odamlar haqiqatan ham hozir hokimiyat tepasida. Ammo men bu vaziyatda maxsus xizmatlar hokimiyatni zabt etgan deb o‘ylamayman. Menimcha, bu korrupsiyalashgan guruh bo‘lib, uning tarkibida maxsus xizmatning ko‘plab xodimlari bor. Hozirgi hukumatni shakllantirganlar uchun maxsus xizmatlarga aloqadorlik muhim ko‘rsatkich bo‘lgan, lekin yagona emas. Bu dunyoni zabt etishga intilayotgan sirli, qudratli tashkilot emas. Yelsin (sobiq prezident) atrofidagi vakillardan tuzilgan va provokatsiyalar orqali korrupsiyaviy guruh hokimiyatni qo‘lga kiritdi – bu ishni maxsus xizmatlarning yordamisiz amalga oshirishning iloji yo‘q edi”, – deya izohladi Sutter.

Unga so‘zlariga ko‘ra, postkommunistik Rossiya uchun urush ichki siyosatning muhim vositasiga aylandi: “Ikkinchi Chechen urushi Putinning hokimiyatga kelishini taʼminlash uchun kerak edi. Oxir-oqibat hokimiyatni o‘zgartirgan Ukrainaga qarshi urush esa rus aholisi eʼtiborini Maydan qo‘zg‘oloni darslaridan chalg‘itishi kerak edi.

Ukrainadagi vaziyat to‘xtab qolgach, ular o‘zlari uchun unchalik kerak bo‘lmagan Suriyada urush boshladilar. Shunday qilib, biz har qanday holatda ham, urush aholini mamlakatdagi qonunbuzarliklarga ahamiyat bermasligi uchun tashkil qilingan loyiha ekanligini ko‘rmoqdamiz. Bu takrorlanuvchi tendensiya va kelajakda bu holatlar yana takrorlanadi deb o‘ylayman.”