Turkmaniston va Belarusiya Prezidentlarining aholiga COVID-19 bo‘yicha yangi takliflari

Turkmaniston Prezidenti koronavirus bilan kurashishni yana bir usulini taklif qildi. Unga ko‘ra, qizilmiya ildizi infeksiyani yengib chiqadi deyilmoqda.

Mamlakatda tibbiyot sohasi yetarli darajada rivojlanmaganligi bois davlat rahabari tomonidan aholiga ko‘proq xalq tabobatidan foydlanishni tavsiya etib kelmoqda. Shu yilning mart oyida Gurbanguli Berdimuhamedov fuqarolarga viruslardan o‘zlarini antiqa xalq vositasi – harmala (isiriq) tutatuvchi vositalar bilan himoya qilishni aytgan edi.

Biroq, dunyo hamjamiyati tomonidan qo‘llanilayotgan yangi usullarni sinab ko‘rish hali mumkin emas. Hukumat hisobotlariga ko‘ra, Turkmanistonda rasman СОVID-19 kasalligi qayd etilmagan.

Ammo, qizilmiya ildizi jigar funksiyalarini himoya qilish va tiklash uchun juda samarali vosita ekanligini hisobga olsak, Yangi yil bayramlari arafasida u foydali bo‘lishi mumkin.

Lukashenko koronavirusga qarshi emlashdan bosh tortdi.

Bu virus Turkmanistonda rasman mavjud emas, Belarusiyada esa vahimali kasallik emas shunchaki, oddiy shamollashdek kasallik sifatida qaralmoqda.

Belorusiya Prezidenti emlanmaslik bo‘yicha o‘z qarorini izohlar ekan. U  koronavirus infeksiyasiga chalinganida kasallikni asemptomatik, “oyoqda” o‘tkazganini aytgan edi. Shu bois, “Bu kasallik odamlar vahima qilganchalik qo‘rqinchilik emas”– dedi davlat rahbari.

Shu bilan birga, Lukashenka 1,2 million kishini emlash rejasini eʼlon qildi. Shu hafta respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi Rossiyaning Sputnik V vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha guvohnoma berdi.