Turkmaniston fuqarolari yana bir mamlakatga vizasiz borishlari mumkin bo‘ldi

Turkmaniston fuqarolari Ummonga vizasiz sayohat qilishlari mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritildi.

Turkmaniston fuqarolari Ummonga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin, deb xabar bermoqda Times of Oman.

To‘g‘ri, ushbu imkoniyatdan faqat ular rezident bo‘lgan taqdirda yoki AQSh, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Shengen bilan bog‘liq mamlakatlarga yoki Yaponiyaga kirish vizalari bo‘lgan taqdirda foydalanishlari mumkin.

Ummonga 25 mamlakat aholisi vizasiz kirishi mumkin: O‘zbekiston, Ozarbayjon, Hindiston, Belorussiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Kosta-Rika, Nikaragua, Marokash, Armaniston, Panama, Bosniya va Gertsegovina, Turkmaniston, Gonduras, Gvatemala, Qozog‘iston, Laos, Albaniya , Butan, Peru, Maldiv orollari, Salvador, Vetnam, Kuba va Meksika.

Maʼlumot o‘rnida: G‘arbiy Osiyoda qadimgi tarixga va boy madaniyatga ega bo‘lgan Ummon Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Yaman bilan chegaradosh. Uni Arab dengizi va Ummon ko‘rfazi suvlari yuvib turadi. Biroq, MDH davlatlarining birortasiga shartsiz berilayotgan viza Turkmanistonga shuncha shartlar bilan berilishi qiziq!