AQShda o‘tkazilgan so‘rovda Tramp Obamani ortda qoldirdi

Aslida biz, AQShning prezidenti Trapm haqida gap ketganda qiziqqon va ko‘plab kutilmagan bayonotlar bilan chiqish qilib turadigan shaxsni tasavvur qilamiz.

Tramp Obamani ortda qoldirib, AQShning “hayrat reytingi”da birinchi o‘rinda turadi.

Biroq, Gallup  tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, amerikaliklarning 18 foizi erkaklar orasida Trampga eng yaxshi taassurot bildirgan, respondentlarning 15 foizi Obamaga, 6 foizi – AQShning yangi saylangan prezidenti Jo Bayden va 3 foizi mamlakatning yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi Entoni Fausiga qoyil qolishganligini bildirishgan.

Kuchli o‘ntalikka shuningdek, Papa Frensis, Tesla asoschisi Elon Mask, AQSh senatori Berni Sanders, Microsoft asoschisi Bill Geyts, basketbolchi Lebron Jeyms va Dalay Lama kiradi.

Respublikachilarning 48 foizi Trampga, demokratlarning 32 foizi Obamaga ovoz bergan, bu o‘tgan yilgiga nisbatan 9 foizga kam.

Mishel Obama “eng yoqimli ayollar” reytingida 10% bilan birinchi o‘rinni egalladi, ikkinchi o‘rin AQShning saylangan vitse-prezidenti Kamala Xarrisga, uchinchi o‘rin – birinchi xonim Melaniya Trampga nasib etdi. Shuningdek, eng yaxshi o‘ntalikka amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfri, Germaniya kansleri Angela Merkel, AQSh prezidentligiga sobiq nomzod Hillari Klinton, amerikalik siyosatchi Aleksandriya Okasio-Kortez, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II, AQSh Oliy sudi sudyasi Emi Koni Barret va ekologik faol Greta Tunberg kiradi.