Saudiya Arabistonining iqtisodiy ahvoli yomonlashmoqda

Rossiyaning “Vzglyad” nashrida Saudiya Arabistoning iqtisodiy ahvoli yomonlashgani bo‘yicha tahliliy material eʼlon qilingan unga ko‘ra: “Neft inqirozi Saudiya Arabistoni iqtisodiyotiga jiddiy zarba berdi. U o‘n yil ichidagi rekord pasayishni ko‘rsatdi. Bu global talabning qulashi sababli neft narxining pasayishi, shuningdek, 2020 yil aprelida tuzilgan OPEK + yangi bitimi doirasida neft qazib olish hajmining pasayishi bilan bog‘liq. Endi Ar-Riyod xazinasi shu qadar abgor ahvoldaki, davlat xizmatchilariga to‘lash uchun arang mablag‘ga ega. Hokimiyat barcha ijtimoiy majburiyatlarni bajara olmayapti. Mamlakatda ishchilarning 80 foizi davlat ishchilari va ularning maoshlarini to‘lash uchun mablag‘ yetarli emas.

Saudiyaliklar daromadning pasayishini qoplash uchun qarzga botishdan boshqa iloji qolmadi. Qirollik bu yil fond birjasida yana-da faollasha boshladi. Saudiya Arabistonida qarz yuki YAIMning 30 foizini tashkil qilishi kutilmoqda. Taqqoslash uchun: Rossiyaning allaqachon qarzdorligi 70 milliard dollarni tashkil etadigan milliy qarzi bundan ham kamaydi (minus 10 milliard). Rossiya kamroq pul qarz olmoqda, lekin muntazam ravishda eski majburiyatlarni bajarib kelmoqda. Byudjetning 90% neft daromadlaridan tashkil topgan Saudiya Arabistonidan farqli o‘laroq, Rossiya eksporti ancha xilma-xil.” – deb yozilgan.

Mazkur materialga jamoatchilik tomonidan ko‘plab negativ sharhlar qoldirilgan bo‘lib, mana bu havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.