Qirg‘izistonning sobiq prezidenti va uning ukasiga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilishi mumkin

Sooronbay va Asilbek Jeenbekov pullarni o‘zlashtirishda va “mamlakatga virus yuqtirganlikda” ayblanmoqda.

O‘sh viloyati ichki ishlar boshqarmasining sobiq boshlig‘i Abdilat Kaparov Jeenbekovlarni beparvolikda va mablag‘larni o‘zlashtirishda aybladi. Uning fikricha, eks-prezident 2020 yil yozida odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan ommaviy covid-19 virusi tarqalishiga javobgardir.

Kaparovning arizasida quyidagi ayblovlar bitilgan unga ko‘ra: “Yuqorida aytib o‘tilganlardan kelib chiqib, Jeenbekovlarning xatti-harakatlarini sinchkovlik bilan tekshirishingizni, mamlakatdan chiqib ketishini oldini olish choralarini ko‘rishingizni hamda unga tegishli bo‘lgan mol-mulkni musodara qilish maqsadida olib qo‘yishingizni so‘rayman. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, S. Jeenbekovni “sobiq prezident”lik unvonidan mahrum etishingizni va davlat rahbarining shaxsiy nafaqasini bekor qilishingizni so‘rayman”.

Hozirda mazkur ariza Bosh prokuraturaga kelib tushgan va ko‘rib chiqilmoqda.