COVID-19 kelib chiqishi maxfiylashtirildi

Xitoy hukumati Covidning kelib chiqishi to‘g‘risida maʼlumotlarni maxfiylashtirdi. Rasmiylar virusning kelib chiqishi bo‘yicha barcha tadqiqotlarni qatʼiy nazoratga olganligi bo‘yicha maʼlumotlar tarqatilmoqda.

АP saytining maʼlum qilishicha, xitoylik olimlar va rasmiylar bilan o‘tkazgan intervyulariga ko‘ra, “Xitoyning janubida virusning kelib chiqishi bilan shug‘ullanadigan va harbiylar bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lgan jarayonlarni o‘rganayotgan olimlarga mamlakat hukumati grantlar ko‘rinishida yuz minglab dollar to‘laydi, rasmiylar esa ularning kashfiyotlarini nazorat qiladi va barcha maʼlumotlarni nashr etishni mamlakat hukumati boshqaradigan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri XXR rahbari Си Szinpindan buyruqlar oladigan maxsus ishchi guruh tomonidan tasdiqlashni talab qiladi.”

АP maʼlumotlariga ko‘ra, pandemiya vaqtida olib borilgan surishtiruv davomida Xitoyda davlat sirlari kabi vajlar va hukumatning kuchli nazorat alomatlari aniqlangan.

Shu bilan birga, agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, Xitoydan kelgan baʼzi olimlar tomonidan “hech qanday muhim narsa topilmagani uchun nashrlar kam bo‘lgan”, deyilmoqda.

Biroq, Meduza nashrida esa, Xitoy hukumatining mamlakat janubidagi ko‘rshapalaklar yashaydigan Yunnan viloyatidagi g‘orlar harbiylar kuzatuvi ostidaligi aytilgan.

2013 yilda RaTG13virusi aniqlangan ko‘rshapalaklar yashaydigan tashlandiq kon, ayniqsa, ehtiyotkorlik bilan himoyalangan mazkur вирус SARS-CoV-2 ning eng yaqin genetik qarindoshi bo‘lib chiqqan edi.

P.S. “Bir balosi bo‘lmasa shudgorda quyruq na qilur” o‘zbek xalq maqoli!