Qozog‘istonda yo‘l harakati qoidalarini buzayotgan haydovchilar qo‘shimcha test topshirishi mumkin

Qozog‘istonda yo‘l harakati qoidalarini doimiy ravishda buzayotgan haydovchilarga tibbiy-psixologik tekshiruv qo‘llanilishi mumkin.

Ichki ishlar vaziri Erlan Turgumbayev haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha parlament so‘roviga javob qaytardi. Ichki ishlar vazirligi rahbarining fikriga ko‘ra, imtihonni qayta topshirish uchun qo‘shimcha talablar kiritish masalasi alohida eʼtiborga loyiqdir.

Vazir Germaniyani misol tariqasida keltirdi, u yerda yo‘l-harakati nazariyasini uch martadan ko‘proq buzgan haydovchini tibbiy-psixologik tekshiruvga yuboriladi (Germaniyada “ahmoqlikni aniqlash testi” narxi 800 yevrogacha).

«Yo‘l harakati qoidalarini doimiy ravishda buzuvchilar va transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum bo‘lgan shaxslar yuqoridagi “imtihon”dan o‘tishi kerak bo‘ladi. Shu munosabat bilan, ushbu masalalar Ichki ishlar vazirligining qonun ijodkorligi faoliyati jarayonida ko‘rib chiqiladi », – dedi vazir.