Putin imzolagan yangi qonunga ko‘ra noqonuniy axborotlarni olib tashlamagan saytlar jarimaga tortiladi

Putin,  qonun talabiga binoan, saytlardan axborotlarni, jumladan ekstremizmga daʼvat qilinayotgan kontentni olib tashlashdan bosh tortganligi uchun milliardlab jarimalarga tortish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Agar resurs noqonuniy maʼlumotlarni o‘chirib tashlamagan bo‘lsa, jarima fuqarolar uchun 50 dan 100 ming rublgacha, mansabdor shaxslar uchun 200 dan 400 minggacha, yuridik shaxslar uchun 800 mingdan 4 million rublgacha jarimaga tortiladi.

Takroriy qoidabuzarlik uchun jarima fuqarolar uchun 100 dan 200 minggacha, mansabdor shaxslar uchun 500 dan 800 minggacha va yuridik shaxslar uchun yillik daromadning 5% dan 10% gacha (lekin kamida 4 million rubl) teng bo‘ladi.

Google va Facebook esa yangi qoidalarga ko‘ra aytilgan kontentni olib tashlamaganligi uchun jarimalar 1 milliard rubldan oshishi mumkin.