Bitkoin bo‘yicha prognozlar tahlili

Dunyo hamjamiyati rivojlanib borgan sari kundalik odatiy vazifalar ham o‘zgarib bormoqda. Yangi to‘lov tizimidagi o‘zgarishlar haqida ham xabaringiz bo‘lsa kerak, bugungi tahlil va prognozlar Bitkoin bo‘yicha bo‘ladi.

Avval ozroq likbez: Bitkoyn, yoki bitkoin [⇨] (inglizcha Bitcoin-dan, bit – bit va coin – tanga), bitimlarni ro‘yxatga olish uchun bir xil nomdagi birlikdan foydalanadigan “peer-to-peer” to‘lov tizimi. Tizimning ishlashi va himoyasini taʼminlash uchun kriptografik usullardan foydalaniladi, ammo shu bilan birga tizim manzillari o‘rtasidagi tranzaksiyalar haqidagi barcha maʼlumotlar ochiq shaklda mavjud.

“Bear Stearns” va “JPMorgan Ton Weiss” investitsiya banklarining sobiq tahlilchisi o‘zining YouTube-kanalida eʼlon qilingan murojaatida 2021 yilda bitkoinning kursi 100 ming dollarga ko‘tarilishi mumkinligi aytilmoqda. Uning taʼkidlashicha, voqealarning qulay rivojlanishi bilan kripto valyutasining 200 ming ($) dollargacha, ehtimol 300 ming ($) dollargacha o‘sishini kutish mumkin.

Biroq, o‘zbek sigmentidagi ijtimoiy tarmoqlardagi baʼzi tahlillarga ko‘ra, yaxshisi materialni to‘liq keltiramiz. “2020 yil oxiri va 2021 yil boshi bitkoin spekulyatsiyasi bilan esda qolmoqda” deyilmoqda maqolada.

Keyingi bir oyda deyarli 2 barobar qimmatlagan bitkoin shu soаtlarda deyardi 34 ming dollardan taklif etilmoqda.

Regulyatorlar nazoratidan tashqarida va bozor aktivi deb hisoblash juda qiyin bo‘lgan bu vositaning birinchi marta spekulyativ ko‘tarilishi emas.

Bitkoin bundan oldingi tarixiy rekordini 2017 yil oxiri va 2018 yil boshida qayd etgan. Butun 2017 yil davomida 800 dollardan boshlangan kotirovkalar yil oxiriga kelib 15 ming dollargacha yetgan.

Keyin esa bitkoinning qisqa muddatli o‘sishlarini inobatga olmaganda 2019 yil boshigacha muttasil pasayishi yuz berdi. 2019 yil avvalida mazkur kriptovalyutani 2 ming dollarga ham sotib olsa bo‘lardi.

Bitkoinning uchinchi o‘sish davri pandemiya boshlanishi va karantin cheklovlari davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda bitkoin deyarli muttasil o‘sib bordi.

Agar 2020 yildagi tendensiya inobatga olinmasa, bitkoin variatsiyasi va tebranishlari haddan ziyod yuqori bo‘lgan vosita ekanini kuzatish mumkin. Biron bir o‘zini hurmat qilgan investor bitkoinni investitsiya obyekti sifatida ko‘rmaydi. Shuning uchun ham mazkur kriptovalyuta asosan spekulyantlarning ovunchog‘iga aylanib ulgurdi.

Tan olish kerak, spekulyantlar tinimsiz bu vositani bir-biriga sota olmaydi, texnik omillar bilan uzluksiz yangi ko‘piklar shakllantirib turish qiyin. Demak, bitkoinga bazaviy talab yaratadigan omillar bor. Bu omillar butun dunyoda mablag‘lar va ularning harakatini yashirishga bo‘lgan katta ehtiyoj bilan bog‘liq.

Agar eʼtibor bersangiz bitkoinning yangi va yangi cho‘qqilari asosan bonus va mukofotlar to‘lanadigan yil oxiri va boshi, keyin esa dividentlar to‘lanadigan davrlarga to‘g‘ri keladi. Biz shunaqa zamonda yashayapmizki, maʼlum bir qatlam orttirgan va ishlab topgan mablag‘larining bir qismini nafaqat davlatdan, xotinidan, eridan, otasidan, onasidan, qarindoshlaridan, do‘stlaridan va umuman hammadan yashirishni istaydi. Bitkoinning tebranishlar ortidan keladigan yo‘qotishlari ular uchun qiziq emas, chunki kriptovalyuta o‘zining yillik tarixiy minimumlariga qaytgan taqdirda ham bu toifa o‘zlari ko‘zlagan mablag‘ni barcha begona ko‘zlardan chetda ushlab tura oladilar.

Buning ustiga keyingi yillarda nafaqat bonuslar, mukofotlar va dividendlar olayotganlar bitkoinga talab yaratishmoqda, balki shunchaki o‘zining ko‘rsatgan xizmati va ishi uchun to‘lovlarni bitkoinda oluvchilar toifasi ham paydo bo‘ldi.

Nima bo‘lgandayam, 2020/2021 yil mavsumi uchun bitkoin o‘zining yangi tarixiy maksimumiga yaqinlashmoqda va qizigan qozon tez orada yana sovushni boshlaydi.

P.S.Materialni tayyorlash jarayonida esa bitkoinning o‘sish maksimumi

  1 BTC =$ 34.529,7  +4670,1    +13,52% USD gа etdi.