Qozog‘istonda mansabdor shaxslar qanday vaksina bilan emlanishi maʼlum bo‘ldi

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazir Aleksey Soyning aytishicha, u hali emlanmagan, ammo klinik sinovlar tugashi bilan bu ishni amalga oshirmoqchi.

«Vaksinaning Qozog‘istonda rasmiy ro‘yxatdan o‘tishi va ommaviy ishlab chiqarishga chiqarilishi bilanoq men birinchilardan bo‘lib emlanaman. Bu yerda hech qanday narsa yo‘q», – deya qo‘shimcha qilgan.

Shu bilan birga, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan maʼlum qilinishicha, ikkala vaksinaning ham xavfsiz va samarali ekanligini ko‘rsatish maqsadida, mansabdor shaxslarining bir qismini Rossiya vaksinasi bilan, bir qismini Qozog‘iston vaksinasi bilan emlashga qaror qilingan.