Butun dunyoga tarqalgan virus nima uchun Turkmanistonni chetlab o‘tdi?

Turkmaniston hukumati mamlakatda COVID-19 mavjudligini rad etishda davom etmoqda bunga butun dunyo imkon bermoqda.

Ommaviy axborot vositalari va mustaqil manbalar respublika pandemiyadan katta zarar ko‘rganligini yozgan bo‘lsalarda, mamlakat rasmiylari virusning mavjudligini inkor etishda davom etishmoqda, ular yuqumli kasalliklar yo‘q va hech qachon bo‘lmagan deya bong urmoqda.

Turkmanistondagi diplomatlar tomonidan COVID-19 virusini yuqtirganliklarini ijtimoiy tarmoqlar orqali oshkor etgan bo‘lsalarda, Turkmaniston hukumati o‘zlarining versiyalari bo‘yicha mamlakatni global pandemiya chetlab o‘tganini taʼkidlashda davom etmoqda.

7 iyul kuni Turkmaniston kasalxonasida vafot etgan turkiyalik diplomat Kamol Uchqunning bevasi Guzide Uchqun, Turkiyaning Turkmanistondagi elchisi Tog‘an Oral va bir nechta hukumat amaldorlariga qarshi “turmush o‘rtog‘ini Turkmanistondan Turkiyaga yuborilmaganligi” uchun sudga murojaat qilgan edi.

Turkiya hukumati hozircha Turkmaniston kasal diplomatni uyiga qaytarishga ruxsat bermagani bo‘yicha biror bir munosabat bildirmagan.

O‘z navbatida Anqara Turkmanistonning COVID-19ning yo‘qligi haqidagi daʼvolari bo‘yicha ham aniq bir gap aytmagan.

Buyuk Britaniyaning Turkmanistondagi elchisi Xyu Filpott 16 dekabr kuni tvitterda  “real dunyoda” tarqalgan virusdan davolanayotganini yozib qoldirgan.

Britaniya hukumati Filpottning ahvoli va u qayerda virusni yuqtirganligi haqida izoh bermadi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rasmiy tashrif buyurishiga qaramay, Turkmanistonda COVID-19 mavjudligi tasdiqlanmadi.

“Turkmaniston hukumatining mubolag‘a va ochiqdan-ochiq yolg‘onga moyilligini hisobga olsak, rasmiylar “koronavirusning Turkmanistonga kirishiga yo‘l qo‘yilmadi” versiyasiga rioya qilishlari ajablanarli emas”,-deyilmoqda ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan munosabatlarda.

Ayni vaqtgacha Xalqaro tashkilotlar va ayrim davlatlar Turkmaniston hukumatining ushbu bayonotiga qarshi chiqmadi.

P.S. biroq, “Arqadag‘” har oyda bir OAV orqali chiqqish qilib, virusni yengish uchun ajoyib takliflar berib turadi.