Tojikistonda elektr energiya yetkazib berish cheklandi

5 yanvardan boshlab 23:00 dan Tojikistonda ko‘p qavatli uylari bo‘lmagan qishloq joylarida elektr taʼminoti to‘xtatildi.

Ertalab soat 6gacha tojikstonliklarning uylarida chiroq bo‘lmaydi. Ushbu qaror Nurek GES suv omboridagi suv sathi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 metrga pastligi sababli qabul qilingan.

Energiya limiti qaysi sanaga qadar davom etishi nomaʼlum.