Qirg‘izistondagi muddatidan oldin o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlari: ular qanday o‘tadi va nimani kutish kerak?

Qirg‘iziston Respublikasida (QR) navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari 2021 yil 10 yanvarga belgilangan.

Avvalgi prezident Sooronbay Jeenbekov oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijalariga qarshi norozilik namoyishlari natijasida isteʼfoga chiqqan. Shuningdek, 10 yanvar kuni Qirg‘iziston xalqi yangi Konstitutsiya loyihasiga ovoz berishi kerak.

Saylovlar poygasida 17 nomzod ishtirok etadi, oldinroq 16 nomzod o‘z nomzodini qaytarib olgan va 14 nomzodni ro‘yxatdan o‘tkazish rad etildi.

Qirg‘iziston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasiga binoan, sudlanganligi bor fuqarolar prezidentlikka nomzodini qo‘yishi mumkin emas. Biroq, noqonuniy ozod qilinganidan 10 kun o‘tgach, Qirg‘iziston Respublikasi Oliy sudi Sodir Japarovni jinoyat tarkibi yo‘qligi uchun oqladi. Boshqa nomzodlar – Ravshan Jeenbekov va Qursan Asanovlar jinoiy ishlarda ayblanmoqda, ammo sudning rasmiy qarorisiz qonun ularga saylovlarda qatnashishga imkon beradi.

Sadir Japarov xalq tomonidan, ayniqsa mamlakat hududlari va mehnat muhojirlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Odamlar hozircha uning oddiy oiladan chiqqanligi, “Qumtor”ni milliylashtirish va boshqa populist mavzularda “ommabop” muammolarni ko‘targanidan hayratda.

Sobiq bosh vazir va vazifasini bajaruvchi prezident poyga favoriti hisoblanadi. Japarov o‘zining saylovoldi dasturida konstitutsiyaviy islohotlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Uning fikriga ko‘ra, boshqaruvning prezidentlik shakli “davlatni boshqarayotganlarning javobgarligini oshiradi”.

Prezident qonunchilik tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega va har biri besh yillik ikki muddatga saylanishi mumkin.

Biroq, jamiyatning bir qismi, mazkur tashabbusdan norozi sababi, bir kishining qo‘lida hokimiyatni to‘planishi, diktatura va korrupsiyaning kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Saylovda Sadir Japarov yutqazsa, avvalroq u intervyularidan birida “agar prezidentlik yoki parlament saylovlari adolatli o‘tmasa, ehtimol to‘rtinchi inqilob bo‘lishi mumkin” deb aytgan edi.

Japarov allaqachon qurolli kuchlar tizimi hamda “kerakli” lavozimlarga o‘rtoqlari va tarafdorlarini tayinlashga muvaffaq bo‘ldi.

Klara Sooronqulova, Adaxon Madumarov, Qanat Isayev va Qanibek Imanaliyev Japarovga qarshi chiqishmoqda. Ular hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar. Agar ikkinchi turni o‘tkazishga ehtiyoj bo‘lsa, u xolda bitta nomzod ko‘rsatilishini eʼlon qilishdi. Japarovga qarshi bo‘lgan nomzodlar orasida, Atambayev huzuridagi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Abdil Segizbayev ham bor. Ammo baʼzi ekspertlarning fikricha, ikkinchi raund o‘tish ehtimoli juda kam. “Markaziy Osiyo Barometr” Instituti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, respondentlarning 64 foizga yaqini Sadir Japarovga, 3 foizi Adaxon Madumarovga ovoz berishishi mumkin.

Qirg‘izistonning barcha fuqarolari o‘z yashash joylarida ovoz berishlari mumkin. 18 dekabr holatiga ko‘ra saylovchilar soni 3556,864 kishiga yetgan.

Yangi saylangan prezident bir qator muammolarga duch kelishi kerak. Pandemiya va mamlakatda yuz bergan siyosiy inqiroz 2021 yilda byudjet kamomadi 7 milliard somga yetgan. Bundan tashqari, yil oxiriga qadar Qirg‘izistonning tashqi qarzi 4 milliard dollardan oshadi. Yangi prezident karantin paytida inqirozga uchragan yirik korxonalar va tarmoqlarning ishlarini to‘g‘rilashi kerak.

Bundan tashqari, prezident kamomad tufayli chet ellik sheriklar va donorlar bilan muzokaralar olib borishi kerak. Eng yomoni, Xitoy Qirg‘iziston hukumatiga berilgan qarzlarni to‘lash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishini so‘ramoqda. Shuning uchun Sadir Japarov Xitoyga Narindagi Jetim-Too konidagi xom ashyoni o‘tkazishni taklif qildi. Ushbu kon eng katta qora va rangli metallarning zaxiralariga ega bo‘lib, taxminiy hisobda 80-100 milliard dollarga baholanmoqda.