AQShdagi tartibsizlik – Yankilar timsoli

“Demokratiya beshigi” – AQShdagi tartibsizlik nimani anglatadi? Ko‘pchilik Kapitoliy va Qirg‘izistondagi Oq uyning qo‘lga olinishini taqqoslab ko‘rmoqchi bo‘ldi. Ammo bu parallel o‘xshatishlar bo‘lsa kerak. Bu tartibsizliklarning sabablari va oqibatlariga ko‘ra ikkita butunlay boshqa jarayon.

Tramp yutqazishga tayyorligini aytdi, ammo mag‘lubiyati bo‘yicha faktni sud orqali isbotlanishini talab qilgan edi. Umuman olganda bunday talab qilinishi va talabni qaysidur maʼnoda qoniqtirilishi AQShda tizimning ishlashini butun dunyoga ko‘rsatib berdi.

Yaqinda Qo‘shma Shtatlardagi vaziyat qonuniy yo‘lga tushadi va Amerika huquq tizimi o‘z vazifasini doimgidek bajaradi.

Ammo Kongress binosini egallab olish faktining o‘zi tashqi o‘yinchilarning ritorikasida ishlatiladi. (Rossiyaning ichki ideologiyasi uchun rosa qo‘l keladi.)

Masalan, Kapitoliyga bostirib kirgan yangi Yanki timsoli butun dunyoga, demokratiya qadriyatlarining ko‘rinishlari o‘zgarib borayotganini ko‘rsatdi.