Bayden Rossiyaga bosim o‘tkazishning yangi nuqtasini topdi

Milliy Xavfsizlik Kengashi isloh qilinadi. Bayden Rossiya va Markaziy Osiyo muammolari bilan shug‘ullanadigan alohida tuzilma bo‘lishini maʼlum qildi. Ushbu tuzilmaning rahbari – Amerika maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Andrea Kendall-Teylor bo‘ladi. Nega Bayden jamoasi bunday qadamni tashlashga qaror qildi, Kendall-Teylor foydasiga tanlov nima sabab bo‘ldi va bu islohotning Rossiya uchun ahamiyati nimada?

Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoni o‘rganish markazi direktori S.Bagdasarov MXKni isloh qilishni Rossiyaga tahdid deb qaramoqda, “Chunki, yangi maʼmuriyat Moskvaning Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazdagi taʼsirini yo‘q qilish vazifasini qo‘yadi”. «Qo‘shma Shtatlarning manfaatlari postsovet hududida Rossiyaning manfaatlariga jiddiy zarar yetkazishni anglatadi. Bizda Yevropadan kelgan muhojirlar bormi? Yo‘q, albatta, bizda Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar bor», – deya taʼkidladi Bagdasarov bu mintaqani Moskvaga qarshi bosimning yangi nuqtasi sifatida ko‘rish mumkin.

Siyosiy jihatdan beqaror Qirg‘iziston Rossiya uchun alohida xavf tug‘dirishi mumkin. Afg‘on afyunlari o‘z hududidan boshqa Markaziy Osiyo respublikalari orqali Rossiya Federatsiyasi chegaralariga olib o‘tiladi. “Qirg‘iziston janubida tarmog‘i ancha rivojlangan terroristik guruhlar tomonidan ham tahdid mavjud. Ushbu guruhlarning ko‘plab aʼzolari Rossiya Federatsiyasida yashirin yurishadi, chunki bizda Qirg‘iziston bilan vizasiz rejim mavjud”, – deya izoh berdi ekspert.

“Biz uchun yana bir potensial tahdid – bu Tojikistondagi vaziyat. Agar Rossiya Federatsiyasi ushbu mamlakatdan muhojirlarni haydab chiqarishni davom ettirsa, unda bir vaqtning o‘zida Tojikistonda yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz tufayli tartibsizliklar keyingi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Rossiyada bu masalada ehtiyotkor bo‘lishi kerak. Birinchidan, biz ushbu mintaqada qanday manfaatlarga ega ekanligimizni tushunishimiz va unutmasligimi kerak”, – deya taʼkidlaydi sharqshunos.

Umuman olganda AQShning manfaatlari Rossiyaning atrofida xaosni ko‘paytirgan xolda alohida masalalarda teginmasligini istaydi. Rossiya ham o‘z navbatida hamma joyda hamma vaqt ishtirok etib o‘z manfaatlarini himoya qilishni xohlaydi.

Aslida Markaziy Osiyoga yangi o‘sib kelayotgan iqtisodiy zona, arzon ishchi kuchi va ko‘plab tabiiy resurslar makoni sifatida qaraladi. Bu yerda nafaqat AQSh va Rossiyaning manfaatlari balki, Xitoy va Turkiyaning ham manfaatlari to‘qnashish nuqtasi hisoblanadi.