Internet gigantlari davlatlar bilan raqobatda

2020 yil davomida AQSh hukumati Internet gigantlariga qarshi kurash olib bordi. Ular birinchi navbatda “Facebook”ga o‘z valyutasi “Libra”ni yaratishni taqiqladi, keyinchalik Pavel Durovga “Gram” kripto valyutasini ishga tushirishiga ruxsat bermadi, Xitoyning “TikTok” platformasini esa shunchaki, taqiqlab qo‘yaqoldi. Inson huquqlari, AQSh deyapsiz? (aslida juda to‘g‘ri yo‘l tutildi, ular bunga qodir!) dekabr oyida esa “Facebook” va “Google” “ishi” qaytadan sudga yuborilgan. Federal Savdo Komissiyasi (FSK) tomonidan esa “Facebook”: “ijtimoiy tarmoqlarda raqobatchilarni qasddan yo‘q qilishda hamda monopoliyada” ayblandi. Buning oqibatida ularga nafaqat katta jarimalar qo‘llanishi, balki “Facebook” o‘zining eng muhim aktivlaridan ikkitasini – “Instagram” va “WhatsApp”ni yo‘qotishi mumkin.

Dunyodagi eng katta qidiruv tizimiga ham qiyin bo‘ldi – ikki kun ichida 38 ta AQSh maʼmurlari (shtatlar) “Google”ga qarshi adolatsiz raqobat olib borganlikda ayblov qo‘llab sudga murojaat etdi. Tahlilchilarning yozishicha, bu safar “Google” bilan sud jarayoni kompaniyaning kapitallashuvidan kelib tushgan trillionlab dollar jarimalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Rossiyada ham masshtabi kichikroq bo‘lsada, Internet-platformalar bilan o‘z “urush” boshlangan. “Putin,  qonun talabiga binoan, saytlardan axborotlarni, jumladan ekstremizmga daʼvat qilinayotgan kontentni olib tashlashdan bosh tortganligi uchun milliardlab jarimalarga tortish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.”

Turkiya ham o‘zining talablari bilan “Twitter”, “Facebook” va “YouTube”ni baʼzi-baʼzida mamlakatda bloklanishiga erishadi. Blokni olish uchun esa hukumat tomonidan qo‘yilgan talablarni bajarashi so‘raladi. (hukumat kompaniyalar bilan kelishishga majbur bo‘lmoqda)

Xitoy tomonidan esa o‘zingizga maʼlum, doimiy nazorat olib boriladi. Eng so‘ngi bloklash 2020 yilning 10 oktyabrida joriy etilgan. XXR hukumati COVID-19 bilan bog‘liq turli xil ayblovlar va sirli tajribalar tufayli mamlakatda yana-da Internet gigantlarining faoliyati cheklangan.

Aslida Internet gigantlarining beshigi bo‘lgan AQShda ham hukumat bilan ularning o‘rtasida kelishmovchiliklar oxirgi Tramp bilan bog‘liq jarayonlarda yaqqol kuzatildi. “Facebook” va “Twitter” kabi gigantlar amaldagi prezidentga qarshi juda qo‘pol usullar bilan kurashishni boshladi, Trampning tvitlarini maxsus tasdiq belgilari bilan belgilab, undan kelgan maʼlumotlarning to‘g‘riligini shubha ostiga qo‘ydi.

Bu bilan amalda, Internet gigantlari faoliyatiga to‘sqinlik qilinmagan davlatlarda ular har qanday hukumatdan yuqori tura olishligini va bunga yetarli darajada kuchga ega ekanligini isbotlab berdi.

Barcha mamlakatlarda “Internet” bilan bog‘liq qonunlar yana-da qattiqlashishi muqarrar. Bunga Internet gigantlari aybdor bo‘lsa kerak. Nima uchun? “Facebook” raqiblarini sunʼiy ravishda yo‘q qilib yubordi, “Google” istalmagan qidiruv natijalari bilan maʼlumotlarni to‘ldirdi, “Twitter” amaldagi prezidentni obro‘sizlantirdi.

Davlatlar va Internet gigantlari o‘rtasidagi yangi urush boshlanmoqda.