Energetika vazirligi 2021 yilda 12 million tonnadan ziyod neft mahsulotlarini ishlab chiqarishni va o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 7,2 foizga oshishini kutmoqda. Ammo neft qazib olish deyarli o‘zgarmaydi: 2020 yilda 85,7 tonna qazib olingan bo‘lsa, 2021 yilda 86 million tonna rejalashtirilmoqda.
Energiya xavfsizligi jamg‘armasining yetakchi tahlilchisi Igor Yushkov Qozog‘istonning rejalari haqida quyidagicha fikr bildirdi:
▪️ Qozog‘iston xomashyo sifatida neftni kamroq sotadi va shu sababli neft mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytiradi. Ushbu neft mahsulotlari eksport qilinadi. Ammo ichki bozor deyarli million tonnaga o‘sishi ehtimoldan yiroq emas.
▪️ Yoqilg‘i bozorining istiqbollari hali ham aniq emas. Lokdaunlar kuchaymoqda va yoqilg‘i sarfi kamaymoqda. Neftning ortiqcha qazib ko‘paytrish bozor pozitsiyasini yomonlashishiga olib keladi.
▪️Potensial xaridorlar Rossiya, Janubiy Yevropa mamlakatlari va Xitoy bo‘lishi mumkin.
▪️Tashabbus shundan dalolat beradiki, mamlakat ko‘proq neft mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun texnik imkoniyatlarga ega. Bu eng yirik importchilarga qaratilgan “reklama” eʼloni.