Markaziy Osiyodagi “Katta O‘yin”. 1- qism.

“Hamma o‘lgandan keyingina KATTA o‘yin tugaydi”, deb yozgan Kipling. U “Kim” romanida ushbu metafora yordamida O‘rta Osiyodagi Rossiya va Angliya imperiyalari o‘rtasidagi kurashni tasvirlagan edi.

Bu metafora hozirgi zamonda haqiqatiga aylanib bormoqda. Markaziy Osiyoga nisbatan Katta davlatlarning raqobati SSSR qulagandan so‘ng rivojlanib ketdi. Horij davlatlari va transmilliy korporatsiyalar neft va gaz konlariga boy mintaqaga ega chiqishga oshiqdilar.

Markaziy Osiyo ustidan xukmronlik uchun geosiyosiy kurash – “yangi Katta O‘yin” ni keltirib chiqardi, bu so‘nggi 30 yil ichida jamoat hayoti va boshqaruvning ko‘plab sohalariga tarqaldi, lekin chiroyli birikmadan boshqa narsaga aylanmadi.

Markaziy Osiyoda taʼsir o‘tkazish uchun yangi kurashda ko‘plab mamlakatlar ishtirok eta boshladilar – Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Turkiya, Eron, Hindiston, Pokiston, hattoki mintaqadan uzoq bo‘lgan Yaponiya va Janubiy Koreya bu yerda o‘z manfaatlarini ko‘zlay boshladi.

Mintaqa nodavlat subyektlar, jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlari va TMKlardan tortib terroristik guruhlar va giyohvand moddalar “savdogarlari” orasida mashhurlikka erishdi.

Biroq, asosiy o‘yinchilar AQSH, Rossiya va Xitoy. Aynan shu kuchlar zamonaviy dunyo tartibi evolyutsiyasining kalitidir. Hozir aynan ular o‘rtasida, shu jumladan Markaziy Osiyoda taʼsir o‘tkazish uchun kurash kuchaymoqda.

Mazkur “Uchlik” ushbu raqobat to‘g‘risida ochiqchasiga gapirmoqda va “hokimiyat uchun kurash va qonuniy manfaatlarni qayta taqsimlash” bo‘yicha harakatlar olib bormoqda.

Mintaqadagi ziddiyat darajasi tobora o‘sib bormoqda. Savol tug‘iladi, ular bunga erishish uchun nimalarga qodir?

Davomi bor…