AQSh davlat kotibi: “COVID-19 pandemiyasining oldini olish mumkin edi”

JSST ekspert guruhi Xitoyning Uxan shahriga etib keldi.

“Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bir guruh mutaxassislari koronavirus sabablarini aniqlash uchun Markaziy Xitoyning Uxan shahriga yetib kelishdi. Ishga kirishishdan oldin mutaxassislar karantinga olinadi”, – deyiladi CGTN telekanalida berilgan axborotda.

Xitoyga Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ekspertlari missiyasi kelishi munosabati bilan AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo: “Xitoy yangi koronavirusga qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan maʼlumotlarni yashirishda davom etmoqda”,- dedi.

Pompeo Pekinga “JSST yakuniy hisobotining haqqoniyligini taʼminlash uchun virus namunalari, laboratoriya hujjatlari bilan tanishishiga va u yerda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar, virus haqida xabar berganlar bilan cheklanmagan holda muloqot qilishlariga to‘sqinlik qilmaslikka chaqirdi. Xitoy hukumati “Uxanda sodir bo‘lgan voqealar to‘g‘risida to‘liq va aniq hisobot berib turishi kerak”, deb aytmoqda AQSh davlat kotibi. Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, “COVID-19 pandemiyasi (yangi koronavirus sabab bo‘lgan kasallik) ning oldini olish mumkin edi”. Shu bilan birga, AQSh davlat kotibi Xitoydan kelib chiqqan yangi pandemiya paydo bo‘lishi sabablarini vaqt ko‘rsatadi deya boshlangan tekshiruvga ishonch bildirmoqda.