Tojikistonga 62 davlatdan gumanitar yordam ko‘rsatildi

2020 yilda Tojikistonga donor mamlakatlardan 22,5 ming tonnadan ziyod gumanitar yordam keldi.

2020 yilda Tojikistonga yaqin va uzoq xorijning 62 davlatidan gumanitar yordam ko‘rsatildi, deb xabar beradi “Avesta” axborot agentligi.

Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilning dekabridan joriy yilning yanvarigacha Tojikistonga 55,8 million dollarlik gumanitar yordam ko‘rsatilgan.

Xususan, respublika donor mamlakatlardan dori-darmon, asbob-uskunalar va oziq-ovqat mahsulotlarini oldi. Hammasi bo‘lib Tojikistonga 22,5 ming tonnadan ortiq gumanitar yordam yuborilgan. Oziq-ovqat mahsulotlaridan asosan un va o‘simlik moyi respublikaga yetkazib berilgan.

Tojikiston BMT Taraqqiyot dasturidan himoya vositalarini oldi.

Xitoy Tojikistonning asosiy donoriga aylandi, u umumiy gumanitar yordamning 37,3 foizini xayriya qilgan bo‘lsa, Rossiya ikkinchi o‘rinda: 8,5%. Uchinchi qatorni O‘zbekiston va Turkiya baham ko‘rdi – har biri 7,6%.

P.S. avvalgi bir materialda mamlakatda ozoq-ovqat taqchilligiga qaramasdan “Rahmonning chiroyli surati” eʼlon qilingan va unda “Ammo Prezident Imomali Rahmon bu haqiqatni biladimi yoki yo‘qmi, aniq emas. Biroq, uning PR jamoasi prezidentga oziq-ovqat fonida juda yaxshi ko‘rinishi borasida masʼhalat bermoqda. U mamlakat bo‘ylab sayohat qilganida ham, uni hamma joyda mo‘l-ko‘lchilik kutmoqda”. deb aytilgan edi. Hech bo‘lmasa ko‘z quvnasin.