YEOII aʼzo mamlakatlarga yaqin 5 yil ichida nima beradi

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, “beshlikni” 2025 yilga kelib yangi korxonalar va savdo bozorlari, investitsiyalar va qonunlarni yana-da uyg‘unlashtirish kutmoqda.

Ammo kelajak haqida gapirishdan oldin, taʼkidlash kerakki, so‘nggi 5 yil ichida ittifoqda tovarlarning erkin harakatlanishi bor-yo‘g‘i 60 foizga amalga oshirildi.

Alkogol, xavfli chiqindilar, qimmatbaho metallar va toshlarning aylanishi tartibga solinmagan. Shuningdek. ishchi kuchi bozori 75 foiz, umumiy xizmatlar bozori 80 foizga ishlamoqda, lekin barchasi faqatgina rasmiy maʼlumotlar.

Eng qizig‘i

Yagona moliya bozori atigi 20 foizga amalga oshirilgan, shuning uchun yumshoq qilib aytganda “Yevroosiyo nafaqasi” haqida o‘ylashga hali erta. YEOII ning biron bir aʼzosi yagona moliya bozori konsepsiyasi to‘g‘risida bir qarorga kelmagan. Bu qarorsiz Ittifoq doirasida kapital oqimi bozorini rivojlantirish mumkin emas.

Hali ham qonunlarni muvofiqlashtirish mavjud emas. Korona inqirozi tufayli YEOII “Bir kamar – bitta yo‘l” ga muvofiqlashish maqsadida Yevropa Komissiyasi va Xitoy bilan bitimga rozi bo‘ldi. Bu narsa qanday ishlaydi va nima keltiradi: foyda yoki zarar, aniq emas.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, YEOII da import o‘rnini bosish salohiyatini kamida 10-12 foizga oshirish mumkin. Ammo bu aniq emas.

Bundan tashqari, hozirda YEOII da ishlab chiqariladigan va uchinchi mamlakatlarga eksport qilinishi mumkin bo‘lgan yuqori darajadagi raqobatbardosh mahsulotlar yo‘q.

Buning uchun kuchli bo‘lishi mumkin bo‘lgan, ichki bozorga ham, eksport uchun ham mahsulot ishlab chiqaradigan aksiyadorlik jamiyatlari prinsipi bo‘yicha qo‘shma kompaniyalarni yaratish kerak.

Hozircha esa, YEOII yo‘l so‘ngida faqat minimal yutuqlarga olib boradigan yangi vazifalarni taqdim etmoqda.

Kuzatamiz…