Navalniy va hukumat?

Navalniyni mamlakatga qaytishi bo‘yicha barcha ssenariylardan Kreml o‘zi uchun eng taxmin qilingan va noqulay variantni tanladi hamda amalga oshirdi –ommaviy tadbirga oldindan tayyorgarlik ko‘rgan axborot vositalari ko‘z oldida “mijoz”ning ommaviy ravishda hibsga olinishi.

Endi Navalniy “o‘tirganda” (FSIN daʼvo qilganidek, hech bo‘lmaganda sud qarori chiqqunga qadar, ammo bu hali ham aniq emas), jamoatchilikning barcha diqqati uning rafiqasi Yuliyaga qaratiladi. Uni, shubhasiz, eridan “ajralishga” tayyorlashgan va shuning uchun u endi Navalniy bilan nima bo‘lishi haqida maʼlumotni aytishi kerak.

Boshqa ko‘plab muhim holatlarda bo‘lgani kabi, Navalniy atrofidagi holatda ham, Kreml uzi yaratgan va boshqarayotgan emas, balki tashqi kuchlar tomonidan boshqariladigan to‘lqinda suzmoqda.

Bu yomon alomat.

“Tashqaridan doimiy bosim va imkoniyatlar koridorining torayib borishi bilan hokimiyat uchun mamlakat ichidagi jamoatchilik fikrini nazorat qilishga urinish tobora qiyinlashadi”.

Aynivaqtda esa ijtimoiy tarmoqlarda: “Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasining 118-moddasi: Favqulodda sudlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi.” deyilgan bo‘lsada, Navalniy uchun ichki ishlar boshqarmasi binosida favqulodda sud-tribunal tashkil etildi.

Navalniy uchrashuvga barcha jurnalistlarni kiritishni talab qildi. Sudya Morozova Navalniy himoyachilariga ish materiallari bilan tanishish uchun yarim soat va o‘z mijozi bilan muloqot qilish uchun yana 20 daqiqa vaqt berdi. 50 daqiqaga tanaffus eʼlon qilindi.