Qozog‘istonda COVID-19 prognozlari eʼlon qilindi

Sog‘liqni saqlash vazirligi 2021 yilga mo‘ljallangan COVID-19 prognozlarini eʼlon qildi: unga ko‘ra, mart oyining oxirida eng yuqori ko‘rsatkich bosqichiga o‘tadi.

Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy hukumatning onlayn yig‘ilishida koronavirus prognozlarini eʼlon qildi.

“Xolatlarni ro‘yxatga olishning eng yuqori cho‘qqisi mart oyining oxirida bo‘lishi mumkin”, dedi vazir.

Optimistik ssenariy: kuniga 3000 ta yuqtirish holati, yotoq hajmining maksimal sig‘inishi 24000 ta yotoqni tashkil qilishi mumkin. Bunday holatda qattiq karantin choralari rejalashtirilmagan.

Haqiqiy va pessimistik ssenariylar: kundalik ro‘yxatga olish 6900 holatni, yotoq hajmini esa 45000 krovatgacha tashkil etadi.

Ko‘rsatkichlar mavjud 52000 yotoqdan oshmaydi, ammo Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga haddan tashqari yuk tushmasligi va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida, qattiq karantin choralarini joriy etish talab etadi.