Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlari hududiga ko‘z olaytirmoqda

Hududiy daʼvolar davom etmoqda. Xitoy “Tojikiston doim bizning bir qismimiz bo‘lgan” mavzusiga qaytdi.

Yil boshidan Xitoy ommaviy axborot vositalari Tojikistonga hududiy daʼvolar bilan murojaat qildilar. 2 hafta ichida 4 ta maqola chop etildi. Shu bilan birga, davlat ommaviy axborot vositalari XXR va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar tarixiga oid yangi kitob nashr etilganligini eʼlon qildi

Tarixiy mavzulardagi materiallarni nashr etuvchi “Gul – tarixning aksi” axborot portali 3 yanvar kungi “9,28 million aholiga ega Tojikistonni kelib chiqishi qayerda? maqolasida respublika doim Xitoyning bir qismi bo‘lgan” deb daʼvo qilmoqda. Maqola muallifi nomaʼlum.

Maqolada, o‘quvchilarga hech qanday tarixiy hujjatni ko‘rsatmasdan, nafaqat Tojikiston, balki butun Markaziy Osiyo hududi Xitoyga tegishli bo‘lgan degan fikr sizdirilgan.

Shu vaqtning o‘zida, China Daily Global XXR va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi kitob nashr etilganligi haqida xabar berib, ushbu do‘stlik tarixi ming yildan oshganligini taʼkidlagan.

Markaziy Osiyodagi mamlakatlar orasida Tojikiston Xitoy bilan eng ko‘p kelishadigan davlat bo‘lib chiqdi. Respublika XXRga eng katta imtiyoz sifatida 1,1 ming kv.km yerni ajratib berdi.

Qozog‘iston Xitoyga 407 kv.km, Qirg‘iziston esa 161 kv.km yer ajratdi – bu Xitoy boshlang‘ich talabining 39% ni tashkil qilgan.