AQShda “Rossiya razvedkasi” uchun o‘g‘irlik sodir etishda gumon qilingan ayol ushlandi

Gap shundaki, Amerika huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Rossiya Tashqi razvedka xizmatiga AQSh Kongressi Vakillar Palatasi Spikeri Nensi Pelosining o‘g‘irlangan noutbukini topshirishni rejalashtirishda gumon qilingan ayolni hibsga oldi, deya AQSh Adliya vazirligiga tayanib “Hill” nashri xabar bermoqda.

Gumon qilinuvchi ayolning ismi Riley Jun Uilyams, u dushanba kuni Pensilvaniya shtatida hibsga olingan. Adliya vazirligining hujjatlariga ko‘ra, hozirgi paytda unga kirish taqiqlangan hududga qasddan noqonuniy kirib borish va Kapitoliy hududidagi noqonuniy xatti-harakatlarda ayblanmoqda.