Raqamli reklama daromadlari oshmoqda

Xitoyda raqamli reklama daromadlari 2020 yilda marketologlar qisqa videoroliklarga va e-com hamda ijtimoiy mediaga sarmoya kiritgani sababli 23% o‘sdi.

Xabarda aytilishicha, Xitoyning Baidu, Alibaba i Tencent IT-kompaniyalari o‘zlarining bozordagi “kuchini” o‘tgan yilgi 65 foizdan 69 foizgacha oshirgan.

Qisqa video reklamadan olinadigan daromadlar o‘tgan yili raqamli reklama daromadlari bo‘yicha elektron tijoratdan 39 foizga oshib ketdi.

Mutaxassislarning taxmin qilishicha, 2021 yilda mobil Internet Xitoydagi barcha IP-trafikning 17 foizini tashkil qiladi. Bu shuni ko‘rsatadiki, mobil trafik 2016 yildan beri 56 foizga o‘sgan.

Tahlilchilarning fikricha, bu yil Xitoyning markaziy televideniye va sunʼiy yo‘ldosh kompaniyalari reklama narxlari o‘xshashligicha qolishini, mahalliy telekanallar esa tomoshabinlarning kamayishi sababli reklama beruvchilarga arzonroq narxlarda xizmatlar taklif qila boshlaydi. Shu sabab, marketologlar anʼanaviy televizorga sarmoya kiritish o‘rniga ko‘proq raqamli video reklamaga murojaat qilishi kutiladi.

P.S. bu yerdagi qisqa videoroliklar deyilgan kontent biz bilgan “tik-tok” yo‘nalishi. Kiritilgan sarmoya nafaqat o‘zini oqlagan balki, katta miqdorda daromat ham keltirgan. Pandemiya davrida barcha media soha kasotga uchrayotganda Xitoy yana foydaga kira oldi.