AQShning Markaziy Osiyodagi biologik laboratoriyalari

“Qozog‘iston Amerika biologik laboratoriyalarining yopilishini talab qila boshladi.” Joriy yildan qozog‘istonda chop etilayotgan nashrlarda mana shunday sarlavhali maqolalar yana paydo bo‘ldi. Yana deb aytilayotgani iyun oyining boshlarida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev AQShdan kelgan harbiy biologlarni respublikadagi ilmiy laboratoriyalarda faoliyatini cheklashini eʼlon qilgan edi. Qaror Moskva va Pekin bosimi ostida qabul qilingan: Pentagon mutaxassislari 10 yildan oshiq vaqt davomida Markaziy Osiyoda xavfli yuqumli kasalliklar – vabo, kuydirgi, isitma va turli koronaviruslarni o‘rganib kelayotgan edi. Amerika laboratoriyalarining ochilishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keladigan kasalliklar mintaqada tarqalishi tashvish uyg‘otdi deb munosabat bildirgan edi o‘shanda rus sigmentidagi nashrlar. Ammo Pentagonning mintaqadagi tadqiqotlarini to‘xtatib qo‘yishi uchun birgina Qozog‘iston Prezidentining istagi yetarli emas. Markaziy Osiyoda Amerika maxfiy laboratoriyalari qanday paydo bo‘ldi va nega endi ularga eʼtibor berildi.

Toqayevning bayonoti Olma-Otadan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda joylashgan Markaziy maʼlumotnoma laboratoriyasi (MRL) haqida edi. MRL – Pentagonning Markaziy Osiyodagi ilmiy tarmog‘ining obyektlaridan biri. Ommaviy qirg‘in qurollarini tadqiq etish uchun masʼul bo‘lgan Mudofaa tahdidlarining oldini olish agentligi (DТRА) Qozog‘istondagi ilmiy markazlarda beshta va O‘zbekistondagi ikkita laboratoriyani ochdi. Kiritilgan katta sarmoya tufayli laboratoriyalar eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.

AQShning Markaziy Osiyodagi biologik laboratoriyalari: “400 million ($) dollar AQSh Mudofaa vazirligi tahdidlarning oldini olish agentligini (DTRA) Qozog‘istonda biologik laboratoriyalar tarmog‘ini yaratishga sarmoya kiritdi, yana 165 million ($) dollar O‘zbekistondagi laboratoriyalarga sarflandi.”

Bunday xarajatlar faqat ilmiy qiziqish bilan bog‘liq emas. 2000 yillarda amerikaliklar asosan Sovet ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan yillar davomida to‘plangan virusli shtammlarning arxivlari va to‘plamlarini olib chiqishga intildilar. Ammo keyinchalik DТRА mustaqil biologik tadqiqotlarga o‘tdi. Bu ish harbiylar tomonidan nazorat qilinsada, ularning tadqiqotlarida harbiy sirlar kam edi. G‘arb universitetlar xodimlardan tadqiqotlari to‘g‘risida nashrlarda eʼlon qilishni talab qiladilar, shuning uchun hatto harbiy loyihalarda ishlaydigan olimlar ham o‘z tadqiqotlarini eʼlon qilishga majbur bo‘lgan. Ushbu nashrlarni kuzatish orqali Qozog‘istondagi amerikalik olimlarning faoliyati to‘g‘risida bir oz bo‘lsada bilib olish imkonini beradi.

Ochiq manbalarda chop etilgan tadqiqotlarni moliyalashtirish to‘g‘risidagi maʼlumotlarga ko‘ra,so‘nggi sakkiz yil ichida Qozog‘istonda AQSh armiyasi buyurtmasi bilan kamida 28 ta loyiha amalga oshirilgan. Ularga nafaqat mahalliy mutaxassislar, balki AQSh harbiy-dengiz kuchlari tibbiyot markazi (Merilend shtati) harbiy xizmatchilari, Bundesver Mikrobiologiya Instituti (Myunxen) va Porton-Daun (Buyuk Britaniya) harbiy laboratoriyalari xodimlari jalb etilgan.

Markaziy Osiyoda olib borilayotgan ishlarning asosiy mavzusi bu mintaqaga xos bo‘lgan va odamlar uchun xavfli bo‘lgan kasalliklar hamda ularning mahalliy hayvonot dunyosi tomonidan tarqalish yo‘llarini o‘rganishdir. Tadqiqot obyektlari orasida o‘lat, kuydirgi, brutsellyoz va koronaviruslar, shu jumladan ularning vektorlari – hayvonlar va hasharotlar bilan ishlash dalada bo‘lib, bu dalada ishlashni nazarda tutadi. (yaʼni ular ochiq havoda tadqiqotlar olib borgan)

Yig‘ilgan shtammlar, dastlabki joylarda o‘rganilgandan so‘ng, NATO mamlakatlaridagi tadqiqot markazlariga yuboriladi. Bunday materiallar va maʼlumotlar turli maqsadlarda ishlatilishi mumkin – ham tinchlik, ham qurol sifatida.

2007 yildan Toshkentdagi Virusologiya institutida Amerika laboratoriyasi ochildi, Pentagon O‘zbekiston va Qozog‘istonda brutsellyozni o‘rganish uchun harbiy grant ajratdi. Ushbu loyihalar mos ravishda UZ -4 va KZ -2 kodlari bilan nomlandi. Baʼzi maʼlumotlarga qaraganda loyiha boshlangandan bir yil o‘tib butun mintaqada brutsellyoz bilan kasallanishning keskin o‘sish qayd etildi, kuydirgi paydo bo‘ldi.

O‘zbekistondagi brutsellyoz kasalligining navbatdagi ko‘payishi aynan 2013 yilda Andijon va Farg‘onada Amerika laboratoriyalari ochilgandan so‘ng qayd etilgan. Xuddi shu 2013 yilda Qozog‘istonda KZ-29 loyihasi doirasida AQSh dengiz kuchlari va Britaniyaning Porton Daun mutaxassislari ishtirokida Kongo Qrim gemorragik isitmasi bo‘yicha tadqiqotlar boshlandi. Biologlar Qozog‘iston janubida Olma-Ota shahridagi o‘ta xavfli infeksiyalar markazida kana orqali kasallik tarqalishini o‘rganishdi.

Bir yil o‘tmasdan mana shu yuqumli kasallik aynan kanalar orqali tarqalib ketgan.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Pentagon tomonidan qurilgan ixtisoslashgan laboratoriyalar ustidan nazorat qilishini rad etgan edi, chunki rasmiy ravishda ular Qozog‘iston muassasalari va vazirliklarining mulki bo‘lib ko‘rinadi. Biroq, Vashington nafaqat o‘z obyektlarini (yaʼni qurib bergan laboratoriyalarini), balki ular asosida ishlaydigan ilmiy markazlarni ham nazorat qilib boradi.

Dastlab Qozog‘istondagi oltita DTRА laboratoriyalari Pentagon bilan kelishuv asosida AQSh Mudofaa vazirligining eng yaxshi 100 ta pudratchilari qatoriga kiruvchi va CH2M Hill (Kolorado) va Jacobs Engineering Group (Texas) tomonidan boshqarilgan. O‘zbekistonda shunga o‘xshash funksiyalar Bechtel (Virjiniya) kompaniyasi tomonidan Amerika harbiylari bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilgan. Keyinchalik, Nur-Sultondagi AQSh elchixonasida ochilgan CDC (Kasalliklarni nazorat qilish markazlari) Markaziy Osiyo vakolatxonasi boshqaruv funksiyalarini o‘z zimmasiga oldi.

Mazkur vakolatxona Diplomatlar shifokor sifatida tanishtirib kelayotgan Daniyel Singer tomonidan boshqariladigan  bo‘ldi, garchi aslida u AQSh havo kuchlari tibbiy xizmatining qo‘mondoni (podpolkovnik) bo‘lsa ham, u uzoq vaqt davomida biologik razvedka xizmatida bo‘lgan. Jasoratli ofitser nafaqat Toqayev yopilishi to‘g‘risida eʼlon qilgan laboratoriyani (MRL), balki shu asosda u faoliyat ko‘rsatadigan Xavfli Yuqumli kasalliklar Markazini ham muvaffaqiyatli yuritib kelmoqda.

Endilikda u faoliyat olib borayotgan idora vakillari nafaqat Taʼlim va fan markazining ishlarini nazorat qiladi, balki tibbiyot muassasalarini tekshirishda va Qozog‘iston hukumati uchun tavsiyalar yozishda qatnashadi.

Bu daʼvolarning isboti o‘laroq, koronavirus pandemiyasi boshlanishi bilan qozog‘istonlik olimlar Amerikaning Markaziy Osiyo CDC ofisidagi hamkasblari bilan birgalikda sinov tizimlarini ishlab chiqqanini hamda Qozog‘istondagi tibbiyot muassasalarining bemorlarni qabul qilishga tayyorligini baholashdi va Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi uchun tavsiyalar ishlab chiqishda hamkorlik qilayotganini eʼlon qildi.

MRL biologik tahdidlarni birgalikda kamaytirish dasturi doirasida Amerika Qo‘shma Shtatlari mablag‘lari hisobidan 2017 yil sentyabr oyida qurilgan va jihozlanib ishga tushirilgan. Mazkur muassasada o‘ta yuqumli kasalliklar, ayniqsa gemorragik isitma bilan ishlaydigan laboratoriya mavjud.

Qozog‘istonlik biologlar AQSh Senatining Harbiy qo‘mitasi va Mudofaa vazirligining qo‘shma komissiyalari tomonidan boshqarilayotgan loyihalarni ularning “g‘amho‘rligidek” qabul qilmoqdalar. Biroq, AQSh Mudofaa vazirligining 2017-2018 yildagi beshta dasturi bo‘yicha maxfiy hujjatlarida ko‘rsatilishicha mazkur loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Afg‘oniston, Iroq va Suriyadagi operatsiyalarga masʼul bo‘lgan AQSh Markaziy qo‘mondonligining (CENTCOM) pudratchisi yollangan bo‘lib chiqmoqda.

Shunchaki maʼlumot o‘rnida: DTRА tomonidan brutsellyoz bo‘yicha Toshkent Virusologiya Instituti tomonidan tadqiqotlar olib borilgan.

Qozog‘iston markazi Pentagon bilan hamkorlik qilish bilan cheklanib qolmaydi. 2020 yil fevral oyida Bundesver Mikrobiologiya Instituti rahbariyati bilan hamkorlik shartnomasini imzolaydi.

Qozog‘iston davlat muassasalari tomonidan AQSh va NATO harbiy operatsiyalarining bunday ochiqchasiga taʼminlanishi respublikaning KXShT va ShHTdagi ittifoqchilari bo‘lgan Xitoy va Rossiyani uzoq vaqt g‘azablantirgan. 2018 yildan beri Moskva o‘z tarafidagi Amerika biologik laboratoriyalarining nazoratsiz ishidan xavotir bildirmoqda va o‘tkazilayotgan tadqiqotlarga to‘liq ruxsat olishni talab qilmoqda.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov: “Bizning maxsus xizmatlarimiz va olimlarimiz ushbu laboratoriyalarning paydo bo‘lishi keyinchalik bu bizga qarshi qandaydir tarzda ishlatilishi mumkinligi istisno qilmaydi. Ular [AQSh] laboratoriyalarni G‘arbiy Yevropaga joylashtirmayaptiku”

2020 yil aprel oyida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Moskva Rossiya chegaralari yaqinidagi AQSh harbiy inshootlarining biologik tahdidini eʼtiborsiz qoldirolmasligi to‘g‘risida keskin bayonot berdi. Avvalo, bayonot Gruziyadagi “Lugar markazi”ga (bu markaz bo‘yicha alohida material tayyorlanadi) tegishli edi, ammo MDHdagi boshqa obyektlar haqida ham so‘z yuritildi. Keyinchalik Rossiyaning pozitsiyasini Qozog‘istonning ikkinchi muhim hamkori – Xitoy to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Geng Shuang: “Qo‘shma Shtatlar sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlarida ko‘plab biologik laboratoriyalarni yaratdi, ammo ular ushbu muassasalarning ishi, maqsadi yoki xavfsizlik tizimlari haqida bir og‘iz ham ochiq maʼlumot bermayapti, bu jiddiy tashvish tug‘diradi.”

Qozog‘iston hukumati amerikalik biologlarning mavjudligi va mamlakatdagi laboratoriyalarda chet el mablag‘lari borligini inkor etishga urinib ko‘rdi, xuddi shu pozitsiya AQSh elchixonasi tomonidan o‘tkazilgan brifingda ham yangradi. Biroq, Moskva tinchlanmadi va may oyida o‘z tashvishlarini takrorladi.

KXShTning kun tartibiga kiritilgan bioxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishidan so‘ng Qozog‘iston Prezidenti Toqayev bilan suhbat bo‘lib o‘tdi va u mamlakatdagi biologik laboratoriyalar bo‘yicha yana-da konstruktiv pozitsiyani egalladi. U Moskva bilan hamkorlik qilishni va bioxavfsizlik to‘g‘risida yangi qonunni ishlab chiqishga vaʼda berdi. Biroq, Qozog‘istonda katta imtiyozlar yaratib berayotgan Markaziy laboratoriyalarni yopish va Amerikalik mutaxassislarni chiqarib yuborish bilan NATOning mintaqadagi loyihalariga chek qo‘yishi ehtimoldan yiroq.

Sabab biologik laboratoriyalarda faoliyat olib borayotgan xodimlarning asosiy qismini aynan qozog‘istonlik mutaxassislar tashkil etadi. AQSh katta miqdorda ilmiy izlanishlar olib borish uchun grantlar ajratib turish tizimida ham ishlarni yo‘lga qo‘yishga ulgurgan. Aksariyat xodimlar sinovlardan o‘tish va tajriba almashish uchun NATO tomonidan moliyalashtirilgan o‘quvlarda ishtirok etib qaytgan.  

Bundan tashqari, har bir hududning o‘ziga xos viruslari bor, ularning aksariyati davolanadi. Ammo, bunday laboratoriyalarda ushbu viruslarning mavjud dori vositalariga chidamli shaklini ko‘paytirish mumkin, va ular daxlsiz bo‘lib qoladi. Shunday qilib, bunday laboratoriyalar geosiyosiy kurashning elementlaridan biri ekanligini inkor etib bo‘lmaydi. Qarama-qarshilik qiziganida, tomonlar yutish uchun har qanday vositadan foydalanishni boshlaydilar. Agar bu borada Qozog‘istonni misol tariqasida olsak, amerikaliklarning unga bo‘lgan qiziqishi juda to‘g‘ri tanlov. Qozog‘iston AQShning (aniq dushmanlari deb eʼlon qilingan hukumatlari bilan chegaradosh) raqobatchilari bo‘lgan Rossiya va Xitoy bilan chegaradosh mintaqa va bu ular uchun ayni muddao.

P.S. SSSR davrida bakteriologik qurol Orol dengizida sinovdan o‘tkazildi. Qozog‘iston mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng, amerikalik olimlarning bir guruhi aniq bir maqsad bilan – virus shtammlarini yig‘ish maqsadida poligonga keldi. Sovet olimlari ishlagan bakteriologik laboratoriyani yaxshilab o‘rganib chiqdi va ishlarni davom ettirish bo‘yicha turli grantlar yordamida o‘zlaridan foydalanishmoqda.