Xitoy Amerikaga javobini cho‘zib o‘tirmadi.

Chin yurti vakillari sobiq AQSH davlat kotibi Mayk Pompeoning Shinjondagi genotsid haqidagi bayonotini rad etdi.

Bugun Pekinda bo‘lib o‘tgan kunlik brifingda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Xitoyda genotsid “o‘tmishda bo‘lmagan, hozir yo‘q va kelajakda ham “bo‘lmaydi” deb bayonot berdi.

Bu Pompeoning aybloviga javob bo‘ldi.

BMTning taʼkidlashicha, millionlab odamlar internat lagerlariga jo‘natilgan, ammo Pekin bu muassasalar odamlarga radikalizmdan qochish va ularning jamiyatga qo‘shilishlariga yordam berish uchun “kasbiy tayyorgarlik markazlari” ekanligini taʼkidlamoqda.

Huquq faollari Xitoyni yuz minglab odamlarni mehnat lagerlariga jo‘natayotganlikda ayblamoqda.

Bayden maʼmuriyatida davlat kotibi lavozimiga nomzod Entoni Blinken Pompeoning so‘zlarini qo‘llab-quvvatlashini taʼkidlagan.

Ehtimol, bu yangi prezident kelishi bilan Oq uyning Pekinga nisbatan siyosati o‘zgarmasligidan dalolatdir. ESlatib o‘tamiz, 2020 yilda Qo‘shma Shtatlar Shinjon, Tayvan, Tibet, Gonkong va Janubiy Xitoy dengizidagi faoliyati uchun Xitoy rasmiylari va kompaniyalariga qarshi sanksiyalar bilan Pekinga bosimni kuchaytirgandi.