Arkadag‘ vakuumi va Internetni turkmanlashtirilishi

“Dunyodagi eng qimmat va eng sekin Internet” – Turkmaniston fuqarolari prezidentning kabinetiga o‘zi uchun 218 ming $dollarga gilam solayotganida, mamlakatdagi “qimmat” va juda “sekin” ishlaydigan Internetdan shikoyat qilmoqdalar.

1 gigabayt (GB) Internet paketi uchun 16 $dollar (2019 yili esa $19,81edi) to‘lashingiz kerak. Cable.co.uk saytining 2020 yilda dunyo bo‘yicha Internet narxlarini taqqoslagan hisobotiga ko‘ra, Turkmaniston 1 Gb mobil Internet narxi bo‘yicha 206-o‘rinni egalladi.(O‘zbekiston bo‘yicha alohida maqolada maʼlumotlar beriladi).

Mamlakat yagona “Turkmentelekom” Internet-kompaniyasi ustidan monopoliya o‘rnatilgan. Bundan tashqari, respublikada elektron platformalarning umuman turkmanlashtirilishi kuzatalidi, barcha ijtimoiy tarmoqlar va aksariyat messenjerlar doimiy ravishda bloklanib qo‘yilgan, milliy kompaniyalar turkmanistonliklarni faqat ichki xabar va pochta xizmatlaridan foydalanishga chaqirishadi.

Bu tarmoq tashqarisida yashovchi turkman xalqi orasida hukumatga qarshi noroziliklarning kuchayishi munosabati bilan amalga oshirilmoqda. So‘nggi yillarda Turkmaniston hukumati Internet ustidan nazoratni kuchaytirdi va VPN xizmatlarini o‘rnatishni taklif qilgan odamlarni taʼqib qilishgacha borishmoqda.