Rossiyada COVIDga qarshi kurash niqobi ostida g‘aroyib ish amalga oshirilmoqda

“Immunitet pasportlari” yoki sertifikatlar, yoki shunchaki guvohnomalar mavzusi endi butun dunyoda eng dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.

Isroil birinchi bo‘lib keskin qaror qabul qildi – vaksina olgan har bir kishiga “yashil pasport” beriladi va u olti oy davomida hech qanday cheklovlarsiz harakatlanish imkoniga ega bo‘ladi.

Rossiyada shunga o‘xshash “imkoniyatlar” eshigini ochib berishi mumkin bo‘lgan usul muhokama qilinmoqda. Biroq, shuni anglash kerakki: sertifikat biror narsani hal qilish uchun vosita bo‘lishi kerak emas.

Rus sigmentidagi ijtimoiy tarmoqlarda vaksina qildirganlar uchun maxsus sertifikat berilishi va buning evaziga ularga taʼqiqlarni bekor qilinishi qattiq qoralanmoqda va quyidagi izohlar yozilmoqda: – “Bu bekor qilinmaydigan taqiqlarni boshqarish vositasidir.” – “Bu jamiyatni ajratish vositasidir.” – “Balki, siz emlanishni xohlamassiz, unda siz ro‘yxatga kira olmaysiz va masalan, chet elga sayohat qilishdan cheklanasiz chunki sizni samolyotga kiritmaydilar. Kafega borish mumkin emas.” – “Sertifikatingiz yo‘qmi unda Siz jamoatchilik uchun xavflisiz”(!) – “Isroilda nima bo‘lishi nomaʼlum, garchi u yerda ham xuddi shunday bo‘lishiga shubha yo‘q. Ammo bizning mamlakatimizda bu, albatta, ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga olib keladi.” deyilgan.