Navalniy: jamoatchilikka taʼsir o‘tkazishda yangi “vosita”

“Putin saroyi filmi” dunyodagi eng katta pora tarixi, bir necha kun ichida 50 milliondan ziyod tomosha qilindi, 1 milliondan ortiq sharh va 3 million layk to‘pladi. Xitoy ijtimoiy tarmog‘i muxolifatning asosiy aloqa quroliga aylandi.

Tik-Tokning o‘zida 80 milliondan ortiq odam tomonidan munosabat bildirilgan. Tik-tok faqat maktab o‘quvchilaridan iborat degan tushuncha noto‘g‘ri ekanligi yana bir bor isbotini topdi.

Televizor uchun kurash olib borgan va g‘alaba qozonganlar mana 10 yildan so‘ng hukumat yangi aloqa kanallaridan mahrum bo‘lmoqda. Trol fabrikalari, hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi va ularning tarmoqlari qarshi targ‘ibotchi sifatida ishlay olmasliklarini ko‘rsatdi. Bu uslub ham eskirdi.

Amaldagi hukumatga muxolifda bo‘lganlarni o‘zlarini siyosatiga bolalarni jalb etdilar deb bong urayotganlarga ajoyib bir materialni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilgan xolda eʼtiboriga havola etmoqchimiz.

“Bolalarni siyosatga jalb etgan Navalniy emas, bolalar bog‘chalarga kelganida va maktabgacha yoshdagi bolalarga o‘xshab ko‘ylak kiyishni boshlaganlarida hukumat bolalarni siyosatga tortib olgan edi. Hukumat bolalarni maktablarga kelganlarida siyosatga sudrab bordi va o‘zlari ishonmaydigan maʼnaviyat, vatanparvarlik va boshqa qadriyatlarni singdirdilar. Hukumat bolalarni universitetga kelganida siyosatga jalb qildi va talabalarga nimani aytishi mumkin va nimani aytolmasligini uqtira boshladi. Hukumat shu yillar davomida bolalarni ishlatgan, bolalarni prezident oldiga olib borgan, bolalarga undan (prezidentdan) chiroyli iltimos qilib so‘rashni o‘rgatgan. Barcha taqiqlangan “odamxo‘r” qonunlar faqat bolalar manfaati uchun qabul qilingan. Ammo bu “Roskomnadzor” bo‘lib chiqdi. Endi bu bolalar o‘sib ulg‘aygan va siz ularga G‘arbning yomonligi haqida gapirib berayotganingizda, bu G‘arbda siz o‘zingiz uchun qasrlar qurib, u yerda bolalaringizni o‘qitayotganizni ko‘rdilar. Siz bolalarga bu yerda hamma narsani taqiqlab qo‘ydingiz, ularga o‘tgan hafta “anime” tomosha qilishni taqiqladingiz. Siz ularni ko‘k kitlar bilan zo‘rladingiz va ularning barcha muammolari kompyuter o‘yinlaridan ekanligini aytdingiz. Siz bechoralarni tamom qilayapsiz va muxolifatdagi jamoatchilikka ro‘yxatdan o‘tgan odamlarning “ro‘yxatini” tuzib, ularning gapirishga urinishlari masonlar tomonidan tayinlangani va maxsus xizmatlarning fitnasi ekanligini gapirayapsiz. Endi esa ular flesh-moblarni uyushtirayotgani, ko‘chalarga chiqmoqchi va o‘z sinflari devorlaridan prezidentni suratini olishni istayotganiga hayron qolayapsiz.”

P.S.bundan avvalroq Rossiya 2021 yilgi siyosiy hayotga alohida tayyorgarlik ko‘rmoqda. 12 yanvar kunidan boshlab mamlakatda faoliyat olib borayotgan mahoratli siyosiy strateglar va ijtimoiy-siyosiy tahlil bo‘yicha mutaxassislarni tanlab olish maqsadida tanlov eʼlon qilingani bo‘yicha maʼlumot bergan edik. Biroq jamoatchilik noroziligi bunday ketishiga kechroq  harakat qildilarmi deymiz…