Aholi murojaatlari bilan talab darajasida ishlamaganligi uchun 26 nafar masʼul xodim lavozimidan ozod etildi

Kiritilgan axborotlar va eshitilgan hisobotlar natijasi bo‘yicha 752 nafar masʼul xodim aholi murojaatlari bilan talab darajasida ishlamaganligi uchun javobgarlikka tortilgan. Ularning 26 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 20 nafariga jarima qo‘llanilgan, 89 nafariga hayfsan eʼlon qilingan, 617 nafar masʼul xodimlar esa rasman ogohlantirilgan.

2020 yilda Prezident Xalq qabulxonalariga 1 milliondan ortiq murojaat kelib tushgan.

2020 yilda Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga 1 million 196 ming 370dan ziyod murojaat (oyiga o‘rtacha 99,7 mingta, 1 kunda – 3,2 mingta) kelib tushgan.

Eng ko‘p murojaatlar kelib tushgan yo‘nalishlar:

– moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalar (2 yoshli, 14 yoshli bolalar nafaqasi) masalasi;

– ish bilan taʼminlash;

– uy-joy taʼminoti;

– aliment undirish;

– karantin davrida moddiy yordam, oziq-ovqat va himoya vositalari bilan taʼminlash;

– elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlar;

– ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash va undirish;

– yer maydoni ajratmaslik yoki olib qo‘yish;

– maishiy gaz balloni bilan taʼminlash;

– aholi uy-joylarini taʼmirlash.

Avvalgi yillarga nisbatan 2020 yilda fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarorlaridan norozilikka oid murojaatlar 20 foizga, ichimlik suvi taʼminoti bilan bog‘liq murojaatlar 9 foizga, uy-joy bilan taʼminlash 3 foizga, yer maydoni ajratmaslik yoki olib qo‘yishga doir masalalar bilan murojaat qilish 2 foizga kamaygan.

Bunday natijalardan 2ta xulosa chiqarish mumkin jamoatchilik murojaatlari Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan real qondirilmoqda va murojaatlar soni kamayib ijobiy tomonga o‘zgarmoqda yoki aksincha ishonchsizlikdan murojaatlar soni kamayib bormoqda.

P.S. biz yaxshi gumonda bo‘lamiz harxolda Prezidentimiz aholi farovonligi uchun joriy etgan tizimda masʼullar vijdonan ishlamoqda.