Vaziyat Kreml uchun halokatlimi?

Maʼlumki, Rossiyada bo‘lib o‘tgan namoyishlar avvalgilaridan ancha farqli va “jonli”roq tashkillashtirildi. Namoyishchilar ham auditoriya jihatdan ancha yosh. Rus sigmentidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tahliliy materialni o‘qishga taklif etamiz.

“Navalniy jamoasi o‘z oldiga qo‘ygan ikkita maqsadga erishdi: kerakli OAV tasviri qo‘lga kiritildi va umuman mintaqalarda namoyishchilar soni ortdi.

Endi Navalniy nafaqat Moskva, Sankt-Peterburg va boshqa yirik shaharlar, balki butun mamlakat uchun muammoli xolatni “yarata” oldi. Shu tarzda, bu norozilik o‘sib boradi va sovuq havoning boshlanishi bilan Xabarovsk singari “so‘nib” qolmaydi.

Shu bilan birga, kuch ishlatish usullari faqat qisqa vaqt ichida namoyishchilar bilan muomala qilishda samarali bo‘lishi mumkin. Biroq, bu “ish” kelajakda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytiradi, bu esa o‘z navbatida ruslarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yomonlashtiradi va bu allaqachon paydo bo‘lgan norozilik kayfiyatining sezilarli darajada oshishiga olib keladi.

Vaziyat Kreml uchun halokatli ko‘rinadimi? Yo‘q, lekin buning uchun bir qator kompleks chora-tadbirlar zarur:

– Tashqi siyosat. Bizga xalqaro maydonda g‘alabalar kerak, chunki, bunday g‘alabalar anchadan buyon yo‘q. Bunday g‘alabalarsiz G‘arb sheriklariga bosim o‘tkazish qiyin. Bundan tashqari, tashqi siyosiy yo‘qotishlar ichki tozalashda Hukumatni juda zaiflashgan kuchini ko‘rsatib beradi;

– Hukumat. Navalniyni qo‘llab-quvvatlaydiganlarning faolligini yo‘q qilish uchun harakat qilish kerak. Uning barcha harakatlari tobora aniqroq ko‘rsatib turibdiki, ayrim elita o‘zlarining kelishuvlarini bajarmagan. Bajarilmagan bitimlarning narxi shuki, ular prezidentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba berishadi va unga bosim o‘tkazadi;

– Mafkuraviy. Mamlakatda katta saylovlar bo‘lib o‘tishiga bir yil qoldi biroq, aholini hozirgi hukumatni qo‘llab-quvvatlashi kerakligi to‘g‘risida aniq mafkuraviy g‘oya shakllanmagan; (ishlab chiqilmagan)

– Texnologik. Targ‘ibot va nojo‘ya kontropropaganda norozilikni neytrallashga qodir emas, aksincha uni ko‘paytirayotganini deyarli butun siyosiy hamjamiyat allaqachon tushunib yetgan. Demak, Kreml o‘zining ichki siyosatida endi targ‘ibotchilarga emas, balki texnologlar va mafkurachilarga muhtoj (yuqoridagi xatboshiga qarang).”