Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi 30 yildan buyon davom etayotgan mojaro hal etildi

Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi Kaspiy dengizidagi kon uchun 30 yildan buyon davom etayotgan mojaro hal etildi.

Gap shundaki, taxminan 30 yillik muzokaralar, tortishuvlar va tahdidlardan so‘ng Ozarbayjon va Turkmaniston bahsli uglevodorod konlarini birgalikda ishlab chiqarishga kelishib, o‘rtadagi kelishuv esa “Do‘stlik” deb ataldi.

Prezidentlar Transkaspiy quvurini qurish istiqboli bo‘yicha bitimni imzoladilar.

SSSR qulaganidan keyin ikkala mamlakat tomonidan ushbu hududga nisbatan egalik qilish huquqlari eʼlon qilingan edi: Ozarbayjon uni “Kapaz”, Turkmaniston esa “Serdar” deb atadi. Aslida, bu Kaspiy dengizi markazida, Ozarbayjon va Turkmaniston o‘rtasida joylashgan uchta bahsli konlardan biri edi.

Qolgan ikkitasi “Azeri” va “Chirag‘” konlari bo‘lib, ularni Turkmaniston “Umar” va “Usmon” deb nomlashadi. Ammo Ozarbayjon 1997 yilda “Chirag‘” va 2002 yilda “Azeri”  konlarini VR boshchiligidagi xalqaro konsorsium yordamida Turkmaniston bilan mulkiy nizoni hal qilmasdan o‘zlashtira boshlagan edi.

Hozir Ozarbayjonda TANAP gaz quvurini to‘ldirish uchun yetarli gaz yo‘q, chunki quvurlar hajmi 60 milliard kb/m gacha o‘sdi va garchi bir nechta mamlakatlar TANAPni to‘ldiradigan gaz taʼminoti manbalari sifatida tilga olingan bo‘lsada biroq, hech qanday shartnoma tuzilmadi.

Tabiiy gaz zaxiralari bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘ringa ega bo‘lgan Turkmaniston TANAP orqali Yevropaga gaz yetkazib berish uchun eng yaxshi va to‘g‘ri tanlovdir.

Biroq, bitta kamchilik mavjud.

SOCAR o‘z mablag‘larini energiya resurslarini eksport qilish loyihalariga, shu jumladan. Ozarbayjon gazini Turkiya orqali Yevropaga yetkazib beriladigan TANAP quvuriga ham yo‘naltirgan.

Turkmaniston iqtisodiyoti esa chuqur inqirozga yuz tutmoqda …

2018 yilda Ilhom Aliyev Ozarbayjon turkman gazining tranzit mamlakati sifatida hamkorlik qilishga tayyorligini aniq aytgan, ammo agar Turkmaniston quvur o‘tkazmoqchi bo‘lsa, hukumat loyihani SOCAR eksport yo‘nalishi loyihalarini qanday moliyalashtirsa, shunday moliyalashtirishi kerak bo‘ladi.

Tashkil etilgan video sammitda Aliyev va Berdimuhamedov o‘rtasida xushomadgo‘y bayonotlar berildi, shu bois, Aliyevning Turkmaniston “Do‘stlik” konini o‘zlashtirishga moliyaviy hissa qo‘shishi kerakligi to‘g‘risidagi biror ishorani anglab bo‘lmadi.